Koronavirusga qarshi vaksinalar sinovi jarayonida emlangan odam niqob taqib yurishi shartmi?

Koronavirusga qarshi vaksinalar sinovi jarayonida emlangan odam niqob taqib yurishi shartmi?

SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi, Sevara Ubaydullaeva ushbu savolga javob berdi:

photo 2020 11 30 15 33 20

—Turli davlatlarning koronavirusga qarshi vaksina sinovlari turli bosqichlarda olib borilmoqda. Ba`zi davlatlar vaksinalari, jumladan, Rossiyaning (Sputnik-V, Vektor), Xitoyning, Evropa davlatlari  — Buyuk Britaniya, Germaniya va AQShning (Astra Zeneca, Pfizer and Biotech, Moderna) vaksinalari 3-bosqich sinov jarayonlarida. Xususan, Xitoy va Rossiya vaksinalarining sinovlarida bizning davlatimiz ham ishtirok etishiga erishildi va bu jarayonlar amalga oshishi bo`yicha ishlar olib borilmoqda

Vaksina bilan emlanganingizdan so`ng ham niqob taqib yurishingiz kerak bo`ladi, sababi sinovlarda ishtirok etmoqchi bo`lganlarga ham, sinovlar yakunlanib ijobiy natija bergan vaksina bilan emalanganlar uchun ham bu talab saqlanib qoladi. Shuningdek, vaksina bilan emlangan odam organizmida immun tizim ishlashni boshlaydi, bu davrda boshqa kasalliklar yuqishini oldini olish maqsadida imkon qadar insonlar bilan muloqotda bo`lmaslik, uyda qolish talab etiladi.  

Agar ish faoliyatida bo`lib, odamlar bilan muloqot qilish davom ettirish kerak bo`lsa, unday holatda doimiy ravishda niqoblarni taqib yurish bilan karantinning boshqa talablariga ham rioya qilish kerak.  

Shu bilan birga, sog`lom turmush tarziga rioya qilish, to`g`ri ovqatlanish, ko`proq suyuqliklar ichish va engil jismoniy faollik olib borish ham kerak. Bu omillar inson organizmida koronavirusga karshi immunitet hosil bo`lishiga yordam beradi.

 

 

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Koronavirusga qarshi vaksinalar sinovi jarayonida emlangan odam niqob taqib yurishi shartmi?