Koronavirusga qarshi vaksina olishdan oldin va keyin qancha muddat homiladorlikdan saqlanish kerak?

Koronavirusga qarshi vaksina olishdan oldin va keyin qancha muddat homiladorlikdan saqlanish kerak?

Koronavirusga qarshi vaksina olishdan oldin va keyin qancha muddat homiladorlikdan saqlanish kerak? Ushbu savolga akusher-ginekolog shifokor Barno Islomova javob beradi.

— Umuman koronavirusga qarshi vaksinani 18 yoshdan kichik va homilador ayollarga qo`llash ta`qiqlanadi. Hatto, vaksinaning qadog`ida homilador ayollarga qarshi ko`rsatmalar yozilmagan bo`lsa ham. Negaki klinik tadqiqotlar davomida homilador ayollarga vaksinaning ta`sir darajasi o`rganilmagan. Shu sababli homilaga ziyon etkazishi yoki etkazmasligi to`g`risida aniq bir fikr aytish qiyin. Vaksina olishdan avval homiladorlikka gumon bo`lganda, kerakli tekshiruvlardan o`tishlari va aniq tashxis qo`yilishi zarur.

Demak, ayol oxirgi vaksina bilan emlangandan so`ng 3 oydan to 6 oy muddatgacha homiladorlikni rejalashtirmasligi tavsiya etiladi. Negaki vaksina olingach, organizmda Covid-19 ga qarshi antitanachalar paydo bo`lishi uchun vaqt kerak.

Homilador bo`lish uchun har bir ayol alohida tayyorgarlik ko`rsalar, maqsadga muvofiq bo`lardi. Xuddi shunday koronavirusdan vaksina bilan himoyalanishdan tashqari kam qonlik (anemiya) hamda TORCh infeksiyasi uchun ham tahlil sinamasini topshirishlarini maslahat bergan bo`lardim. Aynan ushbu tekshiruv orqali homilaga ta`sir etuvchi infeksiya bor yo`qligiga aniqlik kiritiladi. 

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Koronavirusga qarshi vaksina olishdan oldin va keyin qancha muddat homiladorlikdan saqlanish kerak?