Koronavirusga qarshi emlanganda qanday asoratlar kuzatiladi?
Rossiya Sog`liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi emlangandan so`ng qanday alomatlar kuzatilishini ma`lum qildi. Bu haqda RBK xabar qildi.
Koronavirusga qarshi emlangandan so`ng siz grippga o`xshash alomatlarga duch kelishingiz mumkin, deya ogohlantirdi Rossiya Sog`liqni saqlash vazirligining bosh frilanser terapevti, Terapiya va profilaktika tibbiyoti Milliy tibbiyot ilmiy-tadqiqot markazining direktori Oksana Drapkina.
Shuningdek, vaksinasiya qilingan shaxsda zaiflik, og`riqlar, uxlashga moyillik, harorat ko`tarilishi mumkin.
Drapkina, emlashdan keyingi harorat kamdan-kam hollardagina 38 darajadan oshib ketishi mumkinligini qo`shimcha qildi.
Mutaxassis ta`kidlashicha, nojo`ya ta`sirlar odatda emlashdan keyingi birinchi kunda yuzaga keladi.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Koronavirusga qarshi emlanganda qanday asoratlar kuzatiladi?