Koronavirusga qarshi dori-darmonlar ro‘yxati
DO`STLARGA ULASHING:
Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida uyida davolanayotgan koronavirus bemorlarini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash yuzasidan qaror qabul qilingani haqida xabar bergan edi.
Unga ko‘ra, bepul yetkazib beriladigan dori-darmonlar ruyxati tasdiqlandi.
Bundan buyon koronavirus kasalligidan uyida davolanayotgan bemorlarga «Gidroksixloroxin», «Azitromitsin», «Paratsetamol», «Vitamin S» kabi dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni belgilangan me’yorda, bepul yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.
Koronavirus infeksiyasi bo‘yicha test natijalari musbat natija bergan hamda kasallik yengil kechayotganligi sababli shifokorlar tavsiyasiga asosan uyida davolanayotgan bemorlar mazkur tibbiy vositalar bilan bepul ta’minlanadi.
Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda tegishli idoralarga zudlik bilan mazkur dori-darmonlarning 50 mingta to‘plamini shakllantirish va uyida davolanayotgan bemorlarga yetkazib berish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklatildi.
Koronavirusga qarshi dori-darmonlar ro‘yxati
Related Posts