Koronavirus sabab Kitob tumani hududi to‘liq karantinga yopildi

Koronavirus sabab Kitob tumani hududi to‘liq karantinga yopildi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida koronavirus bilan kasallanganlik bo‘yicha gumonlanish holati qayd etilgani, gumonlanuvchi ko‘plab fuqarolar bilan muloqotda bo‘lganligi munosabati bilan ehtiyot chorasi sifati tuman hududi to‘liq karantinga yopildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Китоб тумани марказий шифохонасидаги беморларда коронавирус аниқланмаган

Бир – икки кундан буён туман аҳли ўртасида турли мавҳум фикрлар билан тарқалган миш – мишлар асоссиз. Бу ҳақда Китоб.уз хабар берди.

Туман тиббиёт бирлашмаси раҳбарининг ҳозиргина берган расмий маълумотига кўра Китоб тумани марказий шифохонасининг умумий даволаш (терапия) бўлимида ётган беморларда ҳеч қандай коронавирус касаллиги аниқланмаган.

Касалликка гумонланиб, тестларини таҳлил учун жўнатилган беморларнинг таҳлил натижалари манфий чиққан.

Аммо туманда Соғлиқни сақлаш вазирлигининг 176-сонли буйруғига асосан COVID – 19 инфекцияси борлигига гумонланиб, текширилганда мусбат натижа берганлар бор. Уларда касаллик симптомсиз кечиб, айни кунларда уйда даволанишяпти. Бу беморлар тўлиқ назоратда бўлиб, ҳозирда аксарияти тузалиб яна соғлом турмуш тарзига қайтган.

Яна бир очиқ маълумот шуки, туманда исталган вақтда коронавирус билан оғриган киши аниқланмаслигига ҳеч қандай кафолат йўқ. Бироқ бу ваҳимага берилиш учун асос бўлмайди.Турли миш – мишлар тарқатиш ва унга ишониш бу масаланинг тўғри ечими эмас.

Шунинг учун, етти ёшдан етмиш ёшгача бўлган барча тумандошларимиз ўз саломатликларини асраш учун сабабсиз кўчага чиқмасликлари, карантин талаблари ҳамда санитария – гигиена қоидаларига амал қилишлари мақсадга мувофиқ бўлади, дейилади хабарда.

ЭСЛАТМА : Туман марказий шифохонасининг умумий даволаш(терапия)бўлими очиқ ва доимгидек карантин талаблари асосида одатий иш куни давом этмоқда.

Koronavirus sabab Kitob tumani hududi to‘liq karantinga yopildi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida koronavirus bilan kasallanganlik bo‘yicha gumonlanish holati qayd etilgani, gumonlanuvchi ko‘plab fuqarolar bilan muloqotda bo‘lganligi munosabati bilan ehtiyot chorasi sifati tuman hududi to‘liq karantinga yopildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Gumonlanish o‘z tasdig‘ini topgunga qadar karantin talablari keskin kuchaytirilib, kirish-chiqish yo‘llari to‘sildi. Avtotransport va piyoda harakatlanishi qat’iy nazoratga olindi.

“Hurmatli vohamiz ahli, viloyatimiz hokimi Zoir Mirzayev ham bir necha bor siz azizlarga murojaat bilan chiqib, barcha hududlar uchun belgilangan karantin qoidalari, xususan, ko‘chada niqobda bo‘lish, jamoat joylarida masofa saqlash, dezinfeksiya, shaxsiy gigiyena singari bir qator qoidalarga ‘yashil’ hududda ham amal qilish kerakligini unutmang, deya ta’kidlashlariga qaramasdan maqsadsiz ko‘chada yurish holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Erkinlik va imtiyozlarni qadriga borida yetaylik!”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Buxoro viloyatining Shofirkon va Toshkent viloyatining Parkent, Samarqandning Toyloq tumanlariga kirish-chiqish to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.

  • O‘zbekistonda viloyatlararo avtobuslar harakatiga ruxsat berildi
  • O‘zbekistonda 1-sentabrga qadar saqlanib qoladigan karantin talablari ro‘yxati e’lon qilindi

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi 30-may kuni O‘zbekistonning tuman va shaharlari kesimida karantin darajasini qayta ko‘rib chiqdi. O‘zbekistonda karantin 15-iyungacha uzaytirildi, “yashil” hududlarda to‘y-ma’raka o‘tkazishga ruxsat berildi.

Qiziqarli malumotlar
Koronavirus sabab Kitob tumani hududi to‘liq karantinga yopildi