Koronavirus kattalar uchun ko`proq asoratlimi yoki bolаlar uchunmi? Izoh berildi
Dastlab koronavirus aksariyat holatlarda faqat yoshi kattalar uchun xatarli, degan qarash shakllangan edi. Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, yosh bolalarda ham uning asoratlari ancha yuqori bo`lgani kuzatildi. Bu faqat immunitet bilan bog`liq holatmi yoki boshqa sabablari ham bormi? Ushbu savolga sanitariya-epidemiologiya xizmati javob taqdim etdi.
«Pandemiya tarzida kechadigan yuqumli kasalliklarda aholining barcha qatlamlari moyilligi yuqori bo`ladi. Yoshi katta insonlarda kasallik og`ir kechishi va o`lim holati ular o`rtasida yuqori bo`lganligi sababli pandimiyaning boshlanish davrida faqat yoshi kattalar uchun xatarli degan qarashlar shakllangan.
Vaqt o`tishi barobarida COVID-19 qo`zg`atuvchisi, kattaroq miqdordagi odamlarda aylanib yurishi (sirkulyasiya) natijasida patogenligi va virulentligini oshirib bordi, natijada mazkur virus katta yoshdagi, immuniteti sust odamlarni kasallantirgani singari, xuddi shunday muvoffaqfiyat bilan yoshlarni ham kasallantira boshladi.
Kasallik esa har hil surunkali kasalliklari (qandli diabed, nafas organlari, yurak, qon-tomir tizimida kasalligi mavjud) bor bemorlarda og`ir kechadi.
SAVOL: Pandimiya yana qancha davom etishi mumkin, deb o`ylaysiz?
JAVOB: O`tmishdagi ko`plab yuqumli kasalliklar sohasidagi olimlarning (epidemiologlar, infeksionistlar, mikrobiologlar, virusologlar) fikricha yuqumli kasalliklar qolish uchun keladi.
Agarda aniq bir muddatda kasallik pandemiyasi barham topadi desam, demak men ozgina shoshqaloqlik qilgan bo`laman.
Lekin xalqimizda bitta ajoyib maqol bor, u ham bo`lsa “Ko`pchilikdan quyon qochib qutulmaydi” degan. Demak, dunyo hamjamiyati bir bo`lib, bir yoqadan bosh chiqarib, ushbu kasallikga qarshi kurashayotgan ekan, albatta ijobiy natijasi bo`lishi muqarrar.
Insoniyatning xarakatlari albatta samara berishi tayin, agarda virus ham bir oz bizlarga ko`maklashib yuborsa, aniqrog`i, tezroq oddiy respirator virusga aylanib qolsa, pandemiya yakunlanishiga ancha yaqin kelgan bo`lamiz.
Hozircha esa, xotirjam bo`lishimizga hech qanday asosni ko`rmayapman, negaki aksariyat davlatlarda vaziyat tahlikali bo`lib turibdi. Biz esa, dunyodagi murakkab epidemik vaziyatdan to`g`ri xulosa chiqargan holda karantin va cheklov tadbirlariga amal qilishimiz, eng asosiysi ushbu kasallikka qarshi to`liq emlanishimiz zarur», — deyiladi xabarda.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Koronavirus kattalar uchun ko`proq asoratlimi yoki bolаlar uchunmi? Izoh berildi