Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun eng muhim 6 mahsulot to’liq malumot oling
Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun eng muhim 6 mahsulot
👨⚕️Shifokor Ulug‘bek O‘roqov:
🔻Sabzi. Ko‘p miqdorda A vitaminini o‘z ichiga oladi, u ko‘rish o‘tkirligini, ayniqsa, kechasi ko‘rish qobiliyatini saqlashda juda muhimdir.
🔻Gulkaram. Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi va ko‘z oziqlanishini yaxshilaydi.
🔻Ismaloq. Ismaloq ko‘zni turli kasalliklardan, xususan, kataraktadan saqlaydi.
🔻Sitrus mevalar: Kivi, apelsin, limon, mandarin qon tomirlarini, shu jumladan ko‘z tomirlarini mustahkamlaydi.
🔻Baliq va baliq yog‘i. Omega yog‘ kislotalarining asosiy manbai bo‘lib, ushbu kislotalar ko‘plab ko‘z kasalliklarining oldini olishda juda muhimdir.
🔻Dukkaklilar. Loviya A vitaminining jigardan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘r pardaga kirib borishiga yordam beradi.
@andrology_uz 🚑
Boshqa mavzular
Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun eng muhim 6 mahsulot