KOREYS TILI

KOREYS TILI

KOREYS TILI — koreyslarning tili. Oltoy tillariga, baʼzan toʻngusmanjur tillariga kiradi, deb taxmin qilinadi. KXDRning hamda Koreya Respublikasining rasmiy tili. Bu tilda 60 mln. kishi soʻzlashadi (1992). Uning genetik jihatdan boshqa tillar bilan bogʻliqligi aniqlanmagan. Koreys tilining shim.-sharqiy, shim.-gʻarbiy, markaziy, jan.-sharqiy, shim. va jan. shevalari bor. K. t. da 40 fonema (19 undosh, 21 unli) mavjud. Morfologik jihatdan agglyutinatsiya rivojlangan. Feʼl zamonlari hozirgi, 2 oʻtgan va 2 kelasi zamon shakllaridan iborat. Son kategoriyasida birlik va koʻplik shakllari farqlanmaydi. Nisbat kategoriyasi hamma feʼllarga xos emas. Leksikasida xitoy tilidan, sanskrit, moʻgʻul va baʼzan Yevropa tillaridan oʻzlashgan soʻzlar bor. Koreys tili 1993-y. gacha «standart til», 1966-y. da «madaniy til» (munxvao) deb atalgan. Bu tilning 2 turi ham KXDR hamda Koreya Respublikasida qoʻllanib kelinadi. KXDRda koreys yozuvi, Koreya Respublikasida xitoykoreys aralash yozuvi qoʻllanadi.

Ensiklopediya.uz
KOREYS TILI