KORDOVA KATTA MASJIDI

KORDOVA KATTA MASJIDI

KORDOVA KATTA MASJIDIKordova (Ispaniya)dagi meʼmoriy yodgorlik. Jahondagi qad. eng yirik masjidlardan biri. Asrlar davomida barpo etilgan boʻlib, har gal kengaytirib borilgan. Binoning asosiy oʻzagi — masjidning hoz. shim.-gʻarbiy qismi (11 nefli, 12 ravokli) 786-y. da qurilgan. Aholi soni tez oʻsib borayotgan poytaxt uchun masjid kichiklik qilgani sababli 961—966-y. lar jan. tomon kengaytirilgan. Marmar ustunlar bilan bezatilgan baland minora qad koʻtargan. Ikki qoʻshimcha va 8 nefli yagona bino qurilgan. 987— 88-y. lar masjid sharq tomon qarata kengaytirilgan. Shu tarzda u oʻzining katta umumiy tarhi (22 250 m2)ga ega boʻlgan. Har bir kengaytirilish davomida minoralar koʻrinishidagi 2 qavat ravoklar qurilmasi saqlanib qolgan. Tuzilishida arab meʼmorligi anʼanalari mujassam. Katta zali 19 nefli, 600 dan ortiq ustunlar joylashtirilgan. 2 qavatli ravoqlar ustunlar qatoriga tayangan (baʼzi ustunlar Vizantiya va b. joylardan keltirilgan). Ravoqlarning 1-qatori taqasimon, 2-qatori yoysimon bezaqli boʻlib, ular ravoqning mutanosibligiga boʻysungan. Gumbaz osti bagʻallari 3 va 5 qatlamli, doirasimon shakldagi murakkab tuzilishga ega boʻlib, oʻzaro ravoqlar b-n kesishgan. Bagʻal va ravoqlar girix handasiy naqshlar bilan bezatilgan. Kordova katta masjidining yon tomonida xristian kapellasi (13-a.) vujudga kelgan. Kordova katta masjidi ispanmagʻrib meʼmoriy yoʻnalishidagi oʻziga xos uslubga egadir.

Ensiklopediya.uz
KORDOVA KATTA MASJIDI