KORDIYERIT

KORDIYERIT

KORDIYERIT (fransuz geologi Kordye (1777—1861) nomidan), iolit, dixroit — mineral. Alyuminiy, magniy va temirning murakkab silikati. Kimyoviy tarkibi Al3(Mg, Fe)2 [Si5AlOll8. Rombik singoniyali. Koʻpincha qoʻshaloq holda uchraydi. Rangsiz yoki koʻk va binafsha rang. Qattikdigi 7 — 7,5. Zichligi 2600—2660 kg/m3. Yaltiroq. Kordiyerit koʻproq gneyslarda, kristallangan slaneslarda, oʻzgargan magmatik togʻ jinslarida osongina yemirilib, talk, slyuda va b. ikkilamchi minerallar hosil qiladi. Oʻzbekistonda Shim. Nurota va Chatqoldagi silur davri slaneslarida uchraydi. Shaffof xillari qimmatbaho tosh hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
KORDIYERIT