KOPT SANʼATI

KOPT SANʼATI

KOPT SANʼATIkoptlar (qibtiylar; misrlik xristianlar) sanʼati; 3—4-a. larda Misrning qad. va ellin sanʼati anʼanalari zaminida yuzaga kelgan. Eng rivojlangan davri Vizantiya davlatining Misr ustidan hukmronligi — 4-a. oxiri — 7-a. boshlariga toʻgʻri keladi. Meʼmorlikda 2—4 qavatli bazilikali uylar, monastirlar, gumbazli sagʻanalar keng tarqalgan. Tasviriy sanʼati hayotiyligi, tasvir vositalarining ifodaliligi bilan ajralib turadi, tosh va yogʻoch oʻymakorligi, naqqoshlik, miniatyura, mum rassomligi, amaliy bezak sanʼatida yogʻoch va suyak oʻymakorligi, badiiy matolar i. ch. rivojlangan. Janrli yoki ellin mifologiyasidan oʻzlashtirilgan real ob-razlar 5—6-a. larda xristian syujetlarining shartli tasvirlari b-n almashdi. 6-a. oxiri — 7-a. boshlarida Yaqin Sharq sanʼati mavzulari (mas, sherlarni ovlash lavhalari) keng tarqaldi. Hozirda ham Kohira atrofidagi hududlarda Kopt sanʼati markazi, maktabi va muzeylari faoliyat yuritadi.

Ensiklopediya.uz
KOPT SANʼATI