Ko‘p yeb qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak?
Ko‘p yeb qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak? 1. Stolda, o‘tirib ovqatlaning, yurib emas! 2. Ovqatlanayotganda gadjetlarga chalg‘imang! 3. Taomlanish vaqti kamida 20 daqiqa bo‘lishi kerak! 4. Ko‘proq sabzavot iste’mol qiling! 5. Ko‘proq suv iching! @taomlanish_ilmiKo‘p yeb qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak?
DO`STLARGA ULASHING:
Dasturxon ustida ovqat iste’mol qilsangiz, ovqatlanish odatingizni buzmaysiz, ko‘p ovqat yemaysiz, faqat ovqatlanishga e’tibor qaratasiz.
Diqqatimizni faqat taomlanishga qaratganimizda to‘yish hissini televizor ko‘rgandagi yoki telefon o‘ynagandagidan ko‘ra tezroq va ongli ravishda sezamiz.
Insonda to‘qlik hissi darhol paydo bo‘lmaydi. Bu ovqatlanishdan keyin taxminan 15–20 daqiqa davom etadi.
Hammasi sabzavot tarkibidagi tola (uzoq hazm qilinadigan ovqat tolasi) bilan bog‘liq bo‘lib, bu bizni to‘yinganimizga sezilarli ta’sir qiladi.
Agar siz ochlikni his qilsangiz, shunchaki suv iching, chunki chanqoqlik bizning tanamiz tomonidan ovqat yeyish istagi sifatida qabul qilinishi mumkin. Bir stakan toza ichimlik suvidan keyin ochlik hissi kamayadi.
Ko‘p yeb qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak?