Ko‘p xotinlik — bunga tibbiyot nima deydi haqida malumot

Ko‘p xotinlik — bunga tibbiyot nima deydi haqida malumot

Erkaklar tabiatan ko‘p xotinlilikka moyil bo‘lishadi, bu ilmiy tomondan isbotlangan. Ammo u o‘zining dunyoqarashi, aqli, farosati bilan hayvondan farq qiladi. Ya’ni “Mumkin yoki mumkin emas!’ degan tushunchalarni o‘z hayotiga tatbiq etadi. Ana o‘sha «Mumkin emas!» degan signal erkak uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotdimi, demak, bu o‘z o‘zidan ko‘p xotinlikka, betartib hayot kechirishga sabab bo‘ladi.

Ayrim erkaklar ko‘pxotinlilar boshqalarga nisbatan kam kasallika chalinadi, degan noto‘g‘ri fikrlar bilan yashashadi. Aynan mana shu tushuncha erkaklar ongida qanday paydo bo‘lishini tushuntirib beraman. Faraz qiling: erkakning ko‘ziga xotini xunuk ko‘rina boshladi. Shunda u avvaldan ko‘z ostiga olib yurgan chiroyli, yosh bir ayolga uylanadi. Yonida shunday chiroyli xotini bo‘lgandan keyin erkakda g‘urur, o‘ziga bo‘lgan ishonch yanada oshadi. O‘ziga ishongan erkak esa hamma narsada omadli bo‘ladi.

Erkak kishi tabiatan hamma narsada birinchi, eng oldi, yetakchi bo‘lishni istaydi. Xush kayfiyatda yurgan erkak esa ruhiy siqilishlardan yiroq bo‘ladi va kasallikka kam chalinadi.

Agar aksincha bo‘lsachi?

Erkakning kayfiyati butunlay tushib ketadi. Ishida ham unum bo‘lmaydi. Ruhiy siqilishlar esa turli kasalliklarga chalinishda asosiy omil sanaladi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: qaysi bir holat yaxshi?!

Bu savolni berganda ko‘pchilik erkaklar «Ha, ko‘pxotinlik yaxshi ekanda?!», deb o‘ylashadi. Lekin, bunday emas. Agar erkakning o‘z ayolidan ko‘ngli to‘lsa (har tomonlama), undan baxtli va omadli odamning o‘zi yo‘q. Aksincha, ayol erining xuddi sh u jihatdan ko‘ngliga yo‘l topa olmasa, uning kundan kunga shashti pasayib ketaveradi. Erkakning salomatligi qo‘sh xotin yoki bitta xotin bilan yashashga emas, o‘sha ayol bilan qanday yashashiga bog‘liq! Men haligacha ko‘pxotinlilarning ko‘p yashaganliligini eshitmaganman. Kam kasal bo‘lishi mumkin, ammo baxtlilar juda kam. Erkak yoshligida xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Lekin aqli, ongi rivojlangan sayin bitta ayol bilan yashash eng yaxshi turmush shakli ekanligini anglab yetadi.

Ya’na shunday holatlar ham borki, erkaklar ayollardan kasalliklarni tashib yurish vazifasini bajaradi. Masalan, ayollarda bakteriyal vaginoz degan kasallik bor. Bu kasallik bilan erkaklar hech qachon og‘rishmaydi. Ammo erkak bu kasallikni biridan boshqasiga tashiydi. Ayolda hech qanday bo‘lmasada, uning organizmida tug‘ma mikroblar boshqasiga o‘tganda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Va butun tanada, ko‘pincha jinsiy organlarda shamollash yoki turli infeksion kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Bu esa o‘z o‘zidan barzandsizlikka olib kelishi mumkin!

© Dilmurod Ergashev ( Doctor-D)
«Hordiq» gazetasi.

Kasalliklar
Ko‘p xotinlik — bunga tibbiyot nima deydi