KONVENSIYALAR

KONVENSIYALAR

KONVENSIYALAR, xalqaro konvensiyalar (lot. conventio — kelishuv, bitim) — xalqaro shartnomalar turlaridan biri; odatda, davlatning bironbir maxsus sohadagi oʻzaro huquklari va majburiyatlarini belgilab beradi. Koʻp tomonlama Konvensiyalar umumiy tusdagi meʼyorlarni oʻz ichiga oladi [mas, Gaaga konvensiyalari (1899 va 1907), Jeneva konvensiyalari (1949) va b. ]; koʻpincha, Konvensiyalar bironbir sohaga ixtisoslashgan xalqaro tashqilotlar tomonidan qabul qilinadi (mas, Xalqaro mehnat tashqilotining konvensiyalari).

Ensiklopediya.uz
KONVENSIYALAR