KONVEKSIYA
KONVEKSIYA (lot. convectio — keltirish, eltib berish) — 1) suyuqlik, gaz va sochiluvchan muhitlarda shu muhitdagi modda oqimi orqali issiqlikning koʻchishi. Tabiiy (erkin) va majburiy xillari mavjud. Tabiiy Konveksiya ogʻirlik kuchi maydonidagi oquvchi yoki sochiluvchan moddalar notekis qizdirilganda vujudga keladi. Kuchliroq qizdirilgan moddaning zichligi kamroq boʻladi va Arximed kuchi GʻL = Dr – V taʼsirida kamroq qizdirilgan moddaga nisbatan koʻchadi, bu yerda Dr — qizdirilgan modda va atrof muhit zichliklari farqi, V — qizdirilgan modda hajmi. Konveksiya yoʻnalishi ogʻirlik kuchi yoʻnalishiga teskari boʻladi. Konveksiya modda t-rasini tenglashtirishga olib keladi. Majburiy Konveksiyada modda koʻchishi, asosan, biror qurilma (nasos, aralashtirgich va b.) taʼsirida sodir boʻladi. Bu yerda issiqlik koʻchishi jadalligi faqat yuqorida aytilgan omillarga emas, balki moddaning majburiy harakati tezligiga ham bogʻliq;
Ensiklopediya.uz
KONVEKSIYA