KONTRIVEN ampula
Kontriven ampula #Контривен ампула ?Dori shakli : ? ineksiya uchun eritma ( ampula) ?Tarkibi : ? Aprotinin moddasi va natriy xlorid , ineksiya uchun suv ?Ta’sir qilishiga ko’ra ? Proteinazalar ingibitori ?QO’LLANILISHI ? — Yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega — Operatsiyadan keyingi qon ketishlarda qo’llaniladi ( asosiy vazifasi ) — Yurakning toj arteriyalari va boshqa qon tomirda o’tkazilgan shuntlash davomida va keyingi holatlarda katta miqdordagi qon ketishini oldini olish maqsadida — Ochiq yurakda operatsiya o’tkazish vaqtida qon ketish xavfi bo’lganda qo’llaniladi. ?QO’LLASH USULI ? Preparat vena ichiga yuboriladi yoki osma ichiga qo’shib jo’natsa ham bo’ladi. Preparatni faqatgina mutaxassis shifokor maslahati bilan qo’llang ( esda saqlang) . Bu oddiy preparat emas. Shu sabab shifokor maslahati bilan , undayam shifokor o’zi qo’llaydi ( esda saqlang ). ?NOJO’YA TA’SIRI ? — Qon bosimi tushishi va pulsni tezlashishi kuzatiladi — Ko’ngil aynish , qusish — Bronxial astma zo’rayishi mumkin — Teri toshmasi va teri qichishishi — Ongni chalkashishi — Xansirash , kuchli terlash — Yurakning mushak qavatining qon bilan ta’minlanishi buzilishi — Yurak arteriyalarida tromb hosil bo’lishi ( kam xollarda) — Taxikardiya va isitma ko’tarilishi kuzatilishi mumkin ❌QO’LLASH MUMKINMAS ? — Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda — DVS sindromida ( qon tomir ichida qonni ivib qolishi kasalligida ) mumkin emas — Ushbu preparatni qabul qilishdan oldin IgG ga ( immunoglobulin G antitelosi ) sinama o’tkazmasdan oldin qabul qilish mumkin emas ( davolovchi shifokor o’zi biladi ) — Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas ?Qo’llash — retsept bilan ?Ishlab chiqaruvchi — Ukraina @Farmakologiya_TTA ,, ТАБЛЕТКА» kanaliKONTRIVEN ampula
DO`STLARGA ULASHING:
KONTRIVEN ampula