KONTRALTO

KONTRALTO

KONTRALTO (ital. contralto) — ayol xonandalarning eng past (nisbatan yoʻgʻon) ovozi. Diapazoni g — a2. Mashhur opera partiyalari: Konchakovna (A. Borodin, «Knyaz Igor»), Olga (P. Chaykovskiy, «Yevgeniy Onegin») va b. Kompozitorlar baʼzida oʻspirin partiyasini ham Kontralto ovozli xonandalar uchun moʻljallab yozgan: Kerubino (V. Motsart, «Figaroning uylanishi»), Zibel (Sh. Guno, «Faust»), Lel (N. RimskiyKorsakov, «Krr qiz») va b. Oʻzbekiston kompozitorlaridan A. Kozlovskiy («Ulugʻbek» operasi), S. Yudakov (vokalsimfonik asarlari) Kontralto ovozidan foydalanishgan.

Ensiklopediya.uz
KONTRALTO