Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi?
OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan. Bunda muddatlar quyidagicha: To‘lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni o‘zi hal qiladi. kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Mana shu yerdan ham ko‘rib olsangiz bo‘ladi. Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega. ‼️ESLATMA: bo‘lib to‘lash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar dastlab 50% to‘lovni amalga oshirishlari kerak. Shundan keyingina ularni talabalikka qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli. https://mandat.uz/post/kontraktni-4-qismga-bolib-tolash-imkoni-bormiKontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi?
DO`STLARGA ULASHING:
Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi?