KONTAKT METAMORFIZMI

KONTAKT METAMORFIZMI

KONTAKT METAMORFIZMI — togʻ jinslarining unga singib oʻrnashgan intruziv magmatik jismlar taʼsirida oʻzgarishi. Meʼyoriy (kontaktli) va kontakt-metasomatik metamorfizmi farq qilinadi. Birinchi holatda togʻ jinslarining tarkibi deyarli oʻzgarmaydi, ikkinchisida esa jinslar tarkibi butkul oʻzgaradi. Kontakt metamorfizmiga choʻkindi jinslar ham, magmatik jinslar ham uchrashi mumkin. Kontakt metamorfizmining xarakterli minerallari: andaluzit, kordiyerit, brusit, tremolit-aktinolit, diopsid, grossulyar, shpinel, vollastonit, rogovaya obmanka (shox aldamchisi), piroksin, granat va b. Baʼzida gipabissal introʻziyalarga bogʻliq ravishda montichellit, larnit, sperrit kabi noyob minerallar ham vujudga keladi. Oʻzbekistonda skarnlar bilan yoki ular yaqinida Qoʻytosh, Qizilqumda Kontakt metamorfizmi zonalari mavjud.

Ensiklopediya.uz
KONTAKT METAMORFIZMI