KONSULLIK IMMUNITETI
KONSULLIK IMMUNITETI — konsullik muassasasiga, shu muassasa xodimlari va ularning oila aʼzolariga beriladigan imtiyoz va afzalliklar. OʻzR Konsullik ustaviga binoan, mazkur shaxslar Konsullik munosabatlari toʻgʻrisidagi 1963-yilgi Vena konvensiyasida, OʻzR bilan konsulxona joylashgan davlat oʻrtasidagi shartnomalarda, shuningdek, xalqaro huquqning umumiy meʼyorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va immunitetlardan foydalanadi (77-modda).
Ensiklopediya.uz
KONSULLIK IMMUNITETI