KONSUL

KONSUL

KONSUL (lot. consul — maslahatchi) — 1) Kdd. Rimda ilk respublika davrida vujudga kelgan oliy mansabdor shaxs. Konsullar 2 kishidan iborat tartibda dastlab 1 yillik muddatga faqat patritsiylar tomonidan saylangan. Mil. av 367-y. dan soʻng Konsuldan biri plebeylar orasidan saylangan. Konsul xalq yigʻinlari va senatni chaqirgan. Alohida hollarda senat K. ga cheksiz xuquqlar bergan. Konsul imperiya davrida oʻz amaliy ahamiyatini yoʻqotib, faxriy unvonga aylangan;

Ensiklopediya.uz
KONSUL