Konstitutsiyaviy huquq asoslari 9-sinf
Hozirda QR-kodini o‘qish uchun juda ko‘p dasturlar mavjud. Ulardan eng ko‘p tarqalganlari: “iPhone” qurilmalari uchun “Bakodo”, “Android” tizimida ishlovchi qurilmalar uchun esa “Barcode scanner” dasturlaridir.
Yangicha mobil texnologiyalarga asoslangan maktab darsliklari taqdim etildi
Xalq ta’limi vazirligi 2019-2020 o‘quv yili uchun nashr etilgan 8-sinf Texnologiya, 8-sinf O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi, 9-sinf Konstitutsiyaviy huquq asoslari darsliklaridagi qator yangiliklar sirasiga ilk bor QR-kodi ham kiritdi.
8-sinf O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi darsligida QR-kodi 60 ta mavzuga alohida-alohida o‘rnatilgan bo‘lib, mavzuga oid qo‘shimcha manbalaridan foydalanish imkonini berdi.
Shuningdek, 8-sinf Texnologiya darsligi ham 16 ta amaliy mashg‘ulotga QR-kodi kiritilgan holda chop etildi. Bu orqali o‘qituvchi va o‘quvchilar video shaklida amaliy mashg‘ulotning amalga oshirilishini ko‘rishlari mumkin.
9-sinf Konstitutsiyaviy huquq asoslari darsligining 192-196-betlariga o‘quvchi va o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida QR-kodi yordamida olinadigan fanga qo‘shimcha adabiyot hamda manba, qonun, qaror, huquqiy-me’yoriy hujjatlar kiritildi.
Bunday tajriba kelgusida boshqa darsliklarga ham QR-kodi joylashtirish orqali ularni internet resurclariga bog‘lash, bitta saytda jamlash va Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-sayti – uzedu.uz da doimiy to‘ldirib borish imkoniyatini beradi.
QR-kod nima? QR-kod mazmun-mohiyatiga asosan ingliz tilidan olingan bo‘lib, “QuickResponse” so‘zlarning qisqartmasi hisoblanadi va “tezkor javob” ma’nosini bildiradi.
Bu kodning qulayligi shundaki, u skanerlovchi uskuna (mobil telefon, fotoapparat yoki qo‘l skaneri) yordamida oson va tez o‘qish hamda kodlash imkonini beradi.
QR-kodining eng asosiy afzalliklaridan biri – u giperhavola tarzida ishlay oladi. Bu birdaniga ko‘p ma’lumot haqida xabar berish, zarur bo‘lgan holatlarda yoki uni soddalashtirish kerak bo‘lganda juda qulay vosita sanaladi. QR-kodi elektron ma’lumotlar uzatish tamoyiliga asoslanadi. Bu, ayniqsa, ko‘p miqdordagi axborotni uzatish yoki undan foydalanishni soddalashtirishda qo‘l keladi.
Hozirda QR-kodini o‘qish uchun juda ko‘p dasturlar mavjud. Ulardan eng ko‘p tarqalganlari: “iPhone” qurilmalari uchun “Bakodo”, “Android” tizimida ishlovchi qurilmalar uchun esa “Barcode scanner” dasturlaridir.
Hozirgi kunda kameraga ega zamonaviy telefonlar kvadrat ko‘rinishdagi tasvir ostida yashiringan ma’lumotlarni oson o‘qish imkoniyatini beradi. Buning uchun bor-yo‘g‘i mobil telefon kamerasini QR-kodiga yo‘naltirgan holda maxsus ilova dasturi orqali kodni rasmga tushirib, ma’lumotlarni yuklab olish yetarli hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy huquq asoslari 9-sinf
Konstitutsiyaviy huquq asoslari 9-sinf APPLICATION description
G.M. TANSIKBAYEVA, V.A. KOSTETSKIY KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ ASOSLARI 9-sinf
O‘quv nashri
G.M. TANSIKBAYEVA, V.A. KOSTETSKIY
KONSTITUTSIYAVIY
HUQUQ ASOSLARI
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
9-sinf o‘quvchilari uchun darslik
Tuzatilgan va to‘ldirilgan yettinchi nashri
“Sharq” nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi
Bosh tahririyati
Toshkent – 2014
Rus tilidan Rustam Boyto‘ra va Barno Eshpo‘latov
tomonidan tarjima qilingan
Muharrir Akbar Bahromov
Badiiy muharrir Feruza Basharova
Dizayner va sahifalovchi Anatoliy Kostetskiy
Texnik muharrir Bekzod Karimov
Musahhihlar: M. Ziyamuhamedova, Sh. Xurramova
Nashr litsenziyasi AI № 201, 28.08.2011
Bosishga ruxsat etildi 07.07.2014. Bichimi 70×90 1/16.
Ofset bosma. “Times” garniturasi. Shartli bosma tabog‘i 14,6.
Nashriyot-hisob tabog‘i 12,5. Adadi 370 135 nusxa. Buyurtma № 3394.
“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxon
Ikramov Sh. T. (muharr.) Konstitutsion huquqi
X.T.Odilqoriyev, O‘.X.Muxamedov, B.A.Saidov va boshq. — Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014. — 661 b.
Darslik O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi qonunlarga asosan tayyorlanib, fuqarolarimizning Konstitutsiya va uning mazmun-mohiyati bilan bog‘liq huquqiy bilimlarini yanada oshirishga xizmat qiladi. Darslikda konstitutsiyaviy-huquqiy islohotlarning mohiyati, davlat va jamiyat qurilishi hamda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar talqini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-aprelda qabul qilingan qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar ham o‘z ifodasini topgan.
IIV tizimidagi oliy ta’lim muassasalari tinglovchi-kursantlari, professor-o‘qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari hamda sohaga qiziquvchilarga mo‘ljallangan.
- Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь и/или войдите на сайт используя форму сверху.
- Регистрация
- Узнайте сколько стоит уникальная работа конкретно по Вашей теме:
- Сколько стоит заказать работу?
Qiziqarli malumotlar
Konstitutsiyaviy huquq asoslari 9-sinf