Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi to’liq malumot oling
Baxtimiz Qomusi. 8-dekabr — O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi
Mundarija
скрыть
Baxtimiz Qomusi
Sinf xonasi bayramona bezatilgan:devoriy gazeta,bolalar chizgan
rasmlar,sharlar.Yoqimli kuy yangrab turadi.
-Kulib issiq yuzimiz,
Porlab turar ko’zimiz.
Assalomu alaykum
Eng birinchi so’zimiz.
Hamma:Mehribon onalarga,
Jonkuyar otalarga.
Qadrdan ustozlarga
Assalomu alaykum.
1-o’quvchi:Assalomu alaykum, bayramimizning aziz mehmonlari! “Baxtimiz Qomusi” deb atalgan
tadbirimizga xush kelibsiz!
Davlat madhiyasi yangraydi.
2-o’quvchi:Har bir mamlakatda shunday bir muhim kitob borki,bu kitobni Konstitutsiya deb ataydilar. Konstitutsiyada butun mamlakatga ham,
alohida insonlarga ham tegishli bo’lgan muhim
ma’lumotlar bor.Bizning O’zbekistonimizning ham
shunday kitobi bo’lib , bu kitob O’zbekiston Res-
publikasining Konstitutsiyasi deb ataladi.
3-o’quvchi:1991-yil 31-avgust kuni ona O’zbekis-
tonimiz ozod, mustaqil Respublika deb e’lon qilin-
di. Davlatimiz o’z Konstitutsiyasiga, yeriga, chegarasiga,davlat tiliga,milliy valutasi so’mga,armiyasiga ega bo’ldi.
4-o’quvchi: 1992 — yil 8-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Kons-
titutsiyamiz olti bo’lim, yigirma olti bob,128-mod-
dadan iborat. Bu kun bayram sifatida nishonlana-
di, hamma dam oladi.
Sinf qizlari ijrosida raqs.
5-o’quvchi:Har bir kishining tug’ilib o’sgan joyi
unung aziz va mo’tabar Vatani hisoblanadi.Biz
O’zbekiston nomi bilan dunyoga mashhur bo’lgan
go’zal Vatanda yashayapmiz.
6-o’quvchi:Vatan mustaqilligini mustahkamlash-
da har bir shaxs o’z hissasini qo’shishni oliy bur-
chi deb hisoblaydi.Bu ishda o’quvchilar ham o’z
bilimi , maktab ishlarida qatnashishi,yaxshi hulqi
va odobi bilan hissasini qo’shadi.
7-o’quvchi: Konstitutsiyada shaxs va fuqarolar-
ning barcha huquq, erkinlik va burchlari belgilab
berilgan.Endi konstitutsiyamizning ayrim modda-
lari bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
8-o’quvchi:1-modda.O’zbekiston-suveren demo-
ktatik respublika.Davlatning “O’zbekiston Res-
publikasi”va “O’zbekiston” degan nomlari bir
ma’noni anglatadi.
O’zbekiston- ozod ,hur Vatan!
Quchoqlari to’la nur Vatan!
Istiqloling abadiy bo’lsin,
Dunyolar turguncha tur, Vatan!
-3-
Tuprog’ingda jannat nafasi,
Sen bobomning orzu-havasi
Iftixorim yuksak: Vatatim-
O’zbekiston Respublikasi!
9-o’quvchi:Oilamizda barchamiz o’zbek tilida
gaplashamiz. Bu tilda gaplashishni tug’ilganimiz-
dan boshlab asta-sekin o’rganamiz.Bu tilni biz,
eng avvalo ,onamizdan eshitganimiz uchun uni
Ona tili deymiz.
10-o’quvchi: 4-modda.O’zbekiston Respublikasi-
ning davlat tili o’zbek tilidir.
Shu tilda Temur bobo
Lashkarga buyruq bergan.
Bobur gavharlar tergan.
“Til-xalqning shavkat-shoni”,-
Bu bobolar kalomi
Ona tilim unvoni-
Davlat tili maqomi.
11-o’quvchi:Davlat tili degani har bir davlatda
umumiy rasmiy til borligini bildiradi.O’zbekiston-
da yashovchi boshqa millat bolalari bog’cha,
maktabda o’zbek tilini o’rganadilar.
Sahna ko’rinishi.
12-o’quvchi: 5-modda.O’zbekiston Respublikasi
qonun bilan tasdiqlangan o’z davlat ramzlari-
bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.
Bobom uqtirgan takror
Istiqlol bu –baxt , deya.
Ozod Vatan ramzi bor:
Bayroq , gerb va madhiya.
Bugun dadam berar dars
Asramog’ing shart deya,
Ramzlar ham muqaddas:
Bayroq, gerb va madhiya.
13-o’quvchi: 6-modda. O’zbekiston Respublikasi-
ning poytaxti- Toshkent shahri.
Poytaxtimsan, Toshkentim,
Bosh shahrimsan, bosh kentim!
Ikki mingdan oshsa ham
Tarixlarda Shosh kentim,
Saxiy, serquyosh kentim.
Tengi yo’q, timsoli yo’q,
Toshkentimsan, Toshkentim!
“ Vatanjonim- vatamim” qo’shig’i
-5-
14-o’quvchi: 29-modda.Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.
Fikrlash, so’z, e’tiqod
Erkinligi bor bizda.
Tafakkur , erkin ijod
Jo’sh urar qonimizda.
“Avval o’yla”, deganlar
Fikrlaymiz o’ylaymiz.
Odob bilan so’zlaymiz.
15-o’quvchi: Ota-onamiz bizni sog’lom bo’lishi-
mizni istaydilar.Biz aqlli, chaqqon, kuchli bo’lishi-
miz uchun albatta sog’lom bo’lishimiz zarur. Bu-
ning uchun to’g’ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyena
qoidalariga amal qilish, o’z vaqtida dars qilib, o’z
vaqtida dam olishimiz kerak.
16-o’quvchi: 40-modda. Har bir inson malakali
Tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
Betob bo’lib , botib g’amga,
Yotib qolsk nogahon.
Shifokorlar tez yordamga
Yetib kelar shu zamon.
Malakali tibbiy xizmat
Ko’rsatadi shifokor
Elga xizmat – oily himmat
-6-
Degan ko’hna naql bor.
17-o’quvchi:Maktab bu- qutlug’ dargoh,ta’lim —
tarbiya maskani. Davlatimiz tomonidan yosh av-
lodning bilim olishi uchun maktablarda barcha
shimiz,darslarni yaxshi o’zlashtirishimiz kerak.
18-o’quvchi:41-modda.Har kim bilim olish
huquqiga ega.Bepul umumiy ta’lim olish davlat
tomonidan kafolatlanadi.
Ona maktab quchog’ida
Bepul ta’lim olamiz.
Yurtboshimiz ardog’da
Komil inson bo’lamiz.
Intilamiz maqsad sari
Hali dovrug’ solamiz.
Istiqlolning farzandlari-
Bizlar baxtli bolamiz.
“ Maktabim ” qo’shig’ ijro etiladi.
19-o’quvchi: 47-modda. Barcha fuqarolar Kons-
titutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarni bajara-
dilar.
Huquqimiz bilamiz,
Burchimiz ham yodda bor.
Bosh Qomusda “Burchingni
bajar”, degan modda bor.
Ota-onaga hurmat,
Qonunlarga itoat,
Ona yurtga sadoqat,
Hammamizga burch odat.
20-o’quvchi: Vatan mustaqilligini mustahkam-
lashda har bir shaxs o’z hissasini qo’shishni oily
burch deb hisoblaydi.Bu ishga o’quvchilar ham
o’z bilimi, yaxshi xulqi, odobi bilan hissasini
qo’shadi.
1-o’quvchi:Respublikamiz Konstitutsiyasining
52-moddasida :Vatanni himoya qilish har bir fuqaroning burchidir, deb belgilab qo’yilgan.Vatanni
himoya qilish bu o’z onasini, oilasini, uyini,
xalqini himoya qilish demakdir.
Tabarruk ona tuproq
Bag’ishlaydi kuch bizga.
Shu Vatanni asramoq-
Eng muqaddas burch bizga.
Ulg’ayib eng oldingi
Saflardan joy olamiz.
Mardona qasamyodga
Mangu sodiq qolamiz.
Sinf o’g’il bolalari ijrosida raqs.
2-o’quvchi: Bizni o’rab turgan olam-borliq juda
ham ajoyib, sirli tuzilgan. Barchamiz tabiat qo’y-
nida yashaymiz. Chunki bizni o’rab turgan barcha
narsalar tabiatniki. Ona tabiatni ko’z qorachig’-
day asrashimiz lozim.
3-o’quvchi: 50-modda. Fuqarolar atrof tabiiy
muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga
majburdirlar.
Bugun ekkan qalamcham
Katta terak bo’ladi.
Faqat uni avaylab
Asrash kerak bo’ladi.
Tog’ go’zal, o’tloq go’zal
Sevamiz gul atrini.
Esda tutaylik, do’stlar,
Tabiatning qadrini.
4-o’quvchi:Oila ota-onadan boshlanadi.Ota-
onalarimiz bizga bor mehrlarini berib, g’amxo’r-
lik qilmoqdalar.Biz hali voyaga yetmaganmiz,
lekin ota-onaning oldida har farzandning juda
ko’plab burchlari mavjud. Eng asosiysi, farzand-
lar o’z ota-onasiga mehribon bo’lishi kerak.
Ko’zlarida mehr bor, so’zlarida sehr bor,
Beshik ustida bedor-mehribon onaizor.
Oq yuvib, oq taragan, yo’limizga qaragan,
Ko’nglimizga qaragan-mehribon onaizor.
-9-
Ota- oila suyanchi, tog’dek ulug’ tayanchi,
Biz tufayli quvonchi, baxtimizdan baxtiyor.
Sog’-salomat yursinlar, kamolimiz ko’rsinlar,
Ertaga ham bo’lsinlar baxtimizdan baxtiyor.
5-o’quvchi: 66-modda.Voyaga yetgan, mehnatga
layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida
g’amxo’rlik qilishga majburdirlar.
Jonajon onajon!
Mehribon otajon!
Siz hayot berdingiz,
Bol, novvot berdingiz.
Quyoshim, oyimsiz,
Bor bo’ling doim siz!
Ulg’ayib albatta,
Bir umr xizmatda
Bo’lamiz begumon,
Otajon, onajon!
“Ota-ona duosi” qo’shig’ni ijro etish.
Ustoz: Aziz bolajonlar! Biz sizning baxtli, saodatli
bo’lib voyaga yetishishingizni istaymiz.Chunki
Siz O’zbekiston deb atalmish hur o’lkada yashab
ulg’aymoqdasiz. Vatanimizning munosib farzand-
ari bo’lish uchun yaxshi o’qishingiz, ko’p narsa-
larni bilishga harakat qilishingiz kerak. Mustaqil
O’zbekistonimizning kelajagi siz barkamol avlod
qo’lida.
Darsliklar
Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi