Konstitutsiya kitob pdf
Qaytish Yuklandi: 7778
Янги Конститутсия лойиҳаси 2023 PDF / Yangi konstitutsiya loyihasi 2023 PDF
O’zbekiston respublikasi konistutsiyasiga kiritilayotgan o’zgartirishlar to’liq matni tanishib chiqish uchun.
Янги Конститутсия лойиҳаси 2023 PDF / Yangi konstitutsiya loyihasi 2023 PDF:
Tanishib chiqish uchun va yuklab olish uchun PDF fayl link
O‘zbekiston Respublikasining
KONSTITUTSIYAVIY QONUNI LOYIHASI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
1-modda. 1992 yil 8 dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul
qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 1, 4-modda; 1994 yil,
№ 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003
yil, № 3–4, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 162-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2011 yil,
№ 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014 yil, № 4, 85-modda; 2017 yil, № 4,
134-modda, № 5, 200-modda, № 8, 383-modda; 2018 yil, № 10, 674-modda; 2019
yil, № 2, 47-modda, № 3,
162-modda, № 9, 588-modda; 2021 yil, № 2, 139, 140-moddalar) quyidagi
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Muqaddima
Biz, O‘zbekistonning yagona xalqi,
inson huquqlariga va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga,
davlat suvereniteti prinsiplariga o‘z sodiqligimizni tantanali ravishda eʼlon qilib,
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalari ustuvorligini eʼtirof etib,
har bir insonning shaʼni va qadr-qimmati, farovonligi hamda manfaatlari
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladigan, insonparvar, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va
dunyoviy davlatni barpo etish hamda mustahkamlash borasida hozirgi va kelajak
avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatimizni anglagan holda,
ochiq, adolatli va barkamol fuqarolik jamiyatiga intilib,
o‘zbek davlatchiligining uch ming yillikdan ziyod tarixiy taraqqiyot
tajribasiga, shuningdek jahon va islom sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa
qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning madaniy merosiga tayanib,
demokratiya g‘oyalariga, ijtimoiy adolat, erkinlik va tenglik kabi
qadriyatlarga o‘z sodiqligimizni tasdiqlab,
mamlakatimizning barqaror rivojlanishini, yoshlarning munosib hayot
kechirishini, shu maqsadda taʼlim, ilm-fan, madaniyat va maʼnaviyat taraqqiyotini
taʼminlashga intilib,
bizgacha yetib kelgan tabiiy, madaniy, moddiy va maʼnaviy qimmatliklarni
hamda boyliklarni ko‘paytirishga va muhofaza qilishga, atrof-muhit musaffoligini
saqlashga astoydil bel bog‘lab,
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati va eng avvalo, qo‘shni mamlakatlar bilan
o‘zaro bir-birini qo‘llab-quvvatlash, hamkorlik
va hurmat qilish, tinchlik va totuvlik asosidagi uyg‘un, do‘stona munosabatlarini
mustahkamlashga hamda rivojlantirishga intilib,
fuqarolar tinchligini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni hamda
bag‘rikenglikni taʼminlash maqsadida,
O‘zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qilamiz va
eʼlon qilamiz»;
2) 1-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«1-modda. O‘zbekiston – suveren respublika, huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy,
demokratik davlat. Davlatning «O‘zbekiston Respublikasi»
va “O‘zbekiston” degan nomlari bir maʼnoni anglatadi»;
3) 13 va 14-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«13-modda. O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy
prinsiplarga asoslanadi, ularga muvofiq inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadrqimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Insonning shaʼni va qadr-qimmatini, huquq va erkinliklarini hurmat qilish,
ularga rioya etish, ularni himoya qilish davlatning majburiyatidir.
Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi, qonunlarning maʼnosini,
mazmunini va qo‘llanilishini, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining va ular mansabdor shaxslarining faoliyatini belgilaydi.
Insonga nisbatan huquqiy taʼsir chorasi davlat organi tomonidan
ko‘zlanadigan qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi hamda manfaatdor
shaxslarga imkon qadar qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak.
Insonning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida qonunchilikda
yuzaga keladigan, bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va
noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya
qilinadi.
14-modda. Davlat o‘z faoliyatini inson farovonligini hamda jamiyatning
barqaror rivojlanishini ko‘zlab, ijtimoiy adolat
va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi»;
4) 15-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega
bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va O‘zbekiston Respublikasining butun
hududida qo‘llaniladi»;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
5) 16-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Ushbu Konstitutsiyaning birorta qoidasi inson va fuqaroning huquq hamda
erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining huquq
va manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida nazarda tutilgan asosiy
prinsiplarga va qoidalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas»;
6) 17-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan
almashtirilsin:
«O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli
subyektidir. Uning tashqi siyosati inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish,
davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik,
chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l
bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
O‘zbekiston barcha davlatlar bilan do‘stona va tinchliksevarlik tashqi
siyosatini olib boradi»;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
7) 18-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
«O‘zbekiston Respublikasida inson hamda fuqaroning huquqlari
va erkinliklari xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalariga binoan hamda
mazkur Konstitutsiyaga muvofiq eʼtirof etiladi
va kafolatlanadi.
Insonning qadr-qimmati, asosiy huquq va erkinliklari daxlsiz, ajralmasdir va
ular har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi»;
birinchi va ikkinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi
qismlar deb hisoblansin;
8) 20-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«20-modda. Fuqaro o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa
shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart.
Insonning huquq va erkinliklari faqat qonun bilan va boshqa shaxslarning
huquq va erkinliklarini, shuningdek jamoat xavfsizligini va tartibini taʼminlash
uchun zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin»;
9) 22-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«22-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida
ham o‘z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga chiqarib
yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emas.
Davlat xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarning
saqlanib qolishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi»;
10) 24, 25 va 26-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«24-modda. Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqi bo‘lib, qonun
bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.
O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi.
25-modda. Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Hech kim qonunga asoslanmagan holda ushlab turilishi yoki qamoqda
saqlanishi mumkin emas.
Ushlab turishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga yoki ozodlikni
boshqacha tarzda cheklashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sud
qaror qabul qilmagunicha qirq sakkiz soatdan ko‘p muddat ushlab turilishi mumkin
emas. Agar ushlab turish yoki ozodlikni boshqacha tarzda cheklash to‘g‘risidagi
qaror belgilangan muddatda sud tomonidan qabul qilinmasa, shaxs darhol ozod
qilinishi kerak.
Shaxsni ushlab turish chog‘ida uning huquqlari va ushlab turish asoslari unga
tushunarli tilda tushuntirilishi kerak.
Hech kim shartnomaviy majburiyatlarni bajara olmaganligiga asoslanib jinoiy
javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy
yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi
mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy, ilmiy va boshqa tajribalar o‘tkazilishi
mumkin emas.
Har bir inson o‘z shaxsini erkin rivojlantirish, qonun bilan taqiqlanmagan
hamda boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini buzmaydigan har qanday
harakatni amalga oshirish huquqiga ega. Qonunda belgilanmagan majburiyat hech
kimning zimmasiga uning roziligisiz yuklatilishi mumkin emas.
26-modda. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi
sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u
aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun
barcha sharoitlar taʼminlanadi.
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari
tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining
foydasiga hal qilinishi kerak. Qonunni qo‘llash jarayonida yuzaga keladigan
shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining
foydasiga hal qilinishi kerak.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini
isbotlab berishi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi
mumkin.
Hech bir shaxs o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga
majbur emas.
Ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga nisbatan insoniy munosabatda
bo‘linishi va ularning shaxsiy qadr-qimmati hurmat qilinishi kerak.
Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning
qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lmasligi kerak»;
11) quyidagi mazmundagi 261 va 262
-moddalar bilan to‘ldirilsin:
«261
-modda. Har bir shaxs advokat yordamidan o‘z tanloviga ko‘ra hamda
jinoyat protsessining har qanday bosqichida foydalanish, shaxs ushlab turilganida
esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan eʼtiboran
foydalanish huquqiga ega.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va
asoslari to‘g‘risida xabardor qilinish, o‘ziga qarshi ko‘rsatma bergan guvohlar bilan
yuzlashtirilish, o‘z foydasiga ko‘rsatma berayotgan guvohlarning chaqirtirilishi
huquqiga ega.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish
chog‘ida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Huquqbuzarliklardan va hokimiyatni suiisteʼmol qilishdan jabrlanganlarning
huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga odil sudlovdan
foydalana olishini va yetkazilgan zarar kompensatsiya qilinishini taʼminlaydi.
Har bir shaxs davlat organlarining yoki ular mansabdor shaxslarining
noqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat
tomonidan qoplanishi huquqiga ega.
262
-modda. Hech kim ayni bir huquqbuzarlik uchun ikki marta javobgarlikka
tortilishi mumkin emas.
Hech bir shaxs sodir etilgan paytda huquqbuzarlik deb topilmagan qilmish
uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Qilmish uchun jazoni istisno etadigan yoki yengillashtiradigan qonun orqaga
qaytish kuchiga ega.
Javobgarlikni belgilaydigan yoki og‘irlashtiradigan qonun orqaga qaytish
kuchiga ega emas.
Hech bir inson rasmiy ravishda eʼlon qilinmagan qonunga asosan hukm
qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi
mumkin emas»;
12) 27 – 30-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«27-modda. Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsiz bo‘lishi, shaxsiy va
oilaviy siri, o‘z shaʼni va qadr-qimmati himoya qilinishi huquqiga ega.
Har kim o‘z shaxsiga doir maʼlumotlarni himoya qilish huquqiga ega.
Har bir shaxs yozishmalarni, telefon va boshqa telekommunikatsiya
qurilmalari orqali so‘zlashuvlarni, pochta-telegraf jo‘natmalarini hamda boshqa
xabarlarni amalga oshirish erkinligi va ularning sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu
huquqning cheklanishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda, sudning
qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.
Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega. Sudning qarorisiz
uy-joydan mahrum etilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hech kim shaxsning uy-joyiga yoki boshqa mol-mulkiga qonunda nazarda
tutilganidan boshqacha holda va tartibda kirishga, tintuv o‘tkazishni yoki ko‘zdan
kechirishni amalga oshirishga haqli emas.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda bo‘lib
turgan har bir shaxs respublika hududi bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash
joyini erkin tanlash huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar
mustasno.
Har kim respublikadan tashqariga chiqish huquqiga ega. O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari O‘zbekistonga moneliksiz qaytish huquqiga ega.
29-modda. Har kim fikrlash, so‘z va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim
istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.
Har kim Internet jahon axborot tarmog‘iga kirish va undan erkin foydalanish
huquqiga ega.
Mazkur huquqlarni cheklashga faqat mavjud konstitutsiyaviy tuzumni,
boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini, jamoat xavfsizligini hamda tartibini
himoya qilish, shuningdek davlat siri yoki boshqa sir deb eʼtirof etilgan axborot
oshkor etilishining oldini olish bilan bog‘liq hollarda, qonun bilan yo‘l qo‘yiladi.
30-modda. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari,
jamoat birlashmalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o‘z huquqlariga
va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonunchilik hujjatlari, shuningdek
hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini
taʼminlashi shart.
Har kim davlat organlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida,
jamoat birlashmalarida, tashkilotlarda o‘zi haqida to‘plangan maʼlumotlar bilan
tanishish va noto‘g‘ri maʼlumotlarning tuzatilishini, shuningdek noqonuniy yo‘l
bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmagan maʼlumotlarning yo‘q
qilinishini talab etish huquqiga ega»;
13) 32-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«32-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat
va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish
huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar
o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat
organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish
tartibi qonun bilan belgilanadi.
Fuqarolarning mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni
o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning o‘ziga xos tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek
milliy va maʼnaviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar hamda anʼanalardan kelib
chiqqan holda, mustaqil ravishda va qonun doirasida hal etish huquqi hamda uni
amalga oshira olish qobiliyati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb eʼtirof
etiladi»;
14) 35-moddaning birinchi qismidagi «muassasalariga yoki» degan so‘zlar
«muassasalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yoki» degan
so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) IX bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«IX bob. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar»;
16) 36-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Har kim qonun bilan muhofaza qilinadigan mulkka, shu jumladan
intellektual mulkka bo‘lgan huquqqa ega»;
17) 37 – 40-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«37-modda. Har kim munosib mehnat qilish, erkin kasb tanlash, xavfsizlik va
gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati
uchun hech qanday kamsitilishlarsiz
va belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan
tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda
himoyalanish huquqiga ega.
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning o‘zi va oilasi yashashi
uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad
etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi.
Har bir ishlovchi ayol homilador bo‘lgan taqdirda va tug‘ish davrida haq
to‘lanadigan taʼtilga hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqni parvarish qilish uchun
taʼtilga yoki bolani farzandlikka olish uchun taʼtilga chiqish huquqiga ega.
Jazoni sudning hukmiga ko‘ra o‘tash tartibidan boshqacha tartibdagi majburiy
mehnat yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardagi majburiy mehnat
taqiqlanadi.
Majburiy mehnatdan va bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan
foydalanish taqiqlanadi hamda bu qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi.
38-modda. Har bir shaxs dam olish huquqiga ega.
Yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga, dam olish
va bayram kunlari, haq to‘lanadigan har yilgi taʼtilga chiqish huquqiga ega.
39-modda. Har bir shaxs qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda,
ishsizlikda, nogironlikda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda
va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga ega.
Davlat ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar
yaratadi, davlat pensiyalarini, nafaqalarini va ijtimoiy yordamning boshqa turlarini
belgilaydi.
Pensiyalarning, nafaqalarning, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori
rasman belgilab qo‘yilgan eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas.
Davlat ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand va kam taʼminlangan,
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni qonunda belgilangan
tartibda uy-joy bilan taʼminlaydi.
Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini amalga
oshirish uchun zarur teng sharoitlarni yaratadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan har qanday ajratib qo‘yish, hisobga
olmaslik, chetlatish, cheklash yoki ortiqcha yon bosish, shuningdek nogironligi
bo‘lgan shaxslarning obyektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar
yaratishdan bo‘yin tovlash taqiqlanadi.
40-modda. Har kim sog‘lig‘ining muhofaza qilinishi va malakali tibbiy
xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning qonunda belgilangan
hamda tez va shoshilinch tibbiy yordamni ham o‘z ichiga oladigan kafolatlangan
hajmini bepul olishga haqli.
Davlat sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlarini
rivojlantirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash, tibbiy
sug‘urtaning turli shakllarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha
zarur choralar ko‘radi.
Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxshilash,
tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni
amalga oshiradi.
Davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash,
uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar
ko‘radi»;
18) quyidagi mazmundagi 401
-modda bilan to‘ldirilsin:
«401
-modda. Har kim sog‘lom va qulay atrof-muhitga, uning holati haqidagi
haqqoniy axborotga ega bo‘lish hamda o‘z sog‘lig‘iga yoki
mol-mulkiga ekologik huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi
huquqiga ega»;
19) 41-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«41-modda. Har kim taʼlim olish huquqiga ega.
Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Davlat har bir bolaning umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlariga o‘qishga kirishi
uchun majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi.
Bepul umumiy o‘rta taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Umumiy
o‘rta taʼlim majburiydir.
Maktab ishlari, maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat nazoratida bo‘ladi.
Taʼlim bo‘yicha alohida ehtiyojlarga va individual imkoniyatlarga ega
bo‘lgan bolalar uchun taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim
va tarbiya tashkil etiladi.
Davlat isteʼdodli yoshlarning moddiy ahvolidan qatʼi nazar, taʼlimni davom
ettirishini kafolatlaydi.
Davlatga qarashli, xususiy va boshqa shakldagi taʼlim muassasalari hamda
tashkilotlarini rivojlantirish uchun davlat teng shart-sharoitlar yaratadi.
Pedagog xodimlarning maqomini har jihatdan mustahkamlash jamiyat va
davlatning maqsadi hamda masʼuliyatli vazifasidir.
Pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashishga, shuningdek ularning
xizmat majburiyatlarini bajarishiga monelik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi»;
20) quyidagi mazmundagi 411
-modda bilan to‘ldirilsin:
«411
-modda. Har kim davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida bepul oliy
maʼlumot olishga haqli.
Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari qonunda belgilangan doirada o‘zini
o‘zi boshqarish, akademik erkinlik, shuningdek tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish
erkinligi huquqiga ega.
Davlat ilm-fanni rivojlantirishga, jahon ilmiy hamjamiyati bilan ilmiy
aloqalar o‘rnatishga ko‘maklashadi»;
21) 42-moddaning birinchi qismidagi «ilmiy va texnikaviy» degan so‘zlar
«ilmiy, texnikaviy va badiiy» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
22) IX bob quyidagi mazmundagi 421
-modda bilan to‘ldirilsin:
«421
-modda. Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, bolalar hamda
yoshlarni maʼnaviy va axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar
yaratadi»;
23) 43 va 44-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«43-modda. Inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarini taʼminlash
davlatning oliy maqsadidir.
Davlat inson va fuqaroning Konstitutsiyada hamda qonunlarda
mustahkamlangan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlaydi.
Har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha
usullar bilan himoya qilishga haqli.
44-modda. Har kimga o‘z huquqlari va erkinliklarini sud orqali himoya
qilish, davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining
qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish
huquqi kafolatlanadi.
Har bir shaxs o‘zining buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun o‘z ishi
vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan oqilona muddatlarda, tenglik,
tortishuv va adolat prinsiplari asosida ko‘rib chiqilishi huquqiga ega.
Har kim O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro
shartnomalariga muvofiq o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari
himoya qilinishi uchun inson huquqlari bo‘yicha milliy
va xalqaro institutlarga murojaat qilishga haqli»;
24) 45-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayot sifatini
oshirishga, ularga jamiyat va davlat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ravishda
ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy
ehtiyojlarini mustaqil ravishda taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan
choralar ko‘radi»;
25) 49-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi
va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
«Tarixiy, maʼnaviy, madaniy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza
qilinadi.
Davlat va jamiyat milliy qadriyatlarni himoya qilish, O‘zbekiston xalqi
maʼnaviy va madaniy merosining uzluksizligini taʼminlash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik
qiladi»;
26) 52-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Vatanga bo‘lgan sadoqat muqaddasdir»;
birinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin;
27) uchinchi bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«UCHINCHI BO‘LIM. FUQAROLIK JAMIYATI VA SHAXS»;
28) XII bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«XII bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari
53-modda. Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat
isteʼmolchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda, iqtisodiy faoliyat,
tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, halol erkin raqobatni, barcha mulk shakllari
huquqiy jihatdan teng ravishda muhofaza qilinishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk daxlsiz va davlat tomonidan himoya qilinadi.
Davlat iqtisodiyot tarmoqlarining va hududlarning uyg‘un holda
rivojlantirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi, shuningdek iqtisodiy resurslarning
adolatli ravishda taqsimlanishini taʼminlaydi.
Davlat tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini va
investitsiyaviy muhitni, shart-sharoitlarni taʼminlaydi.
Tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga
oshirishga, o‘z faoliyatining yo‘nalishini mustaqil ravishda tanlashga,
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasida tovarlarning, xizmatlarning, ishchi kuchining va
moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.
Tovarlarning, xizmatlarning, ishchi kuchining va moliyaviy mablag‘larning
harakatlanishini cheklashga qaratilgan chora-tadbirlar, agar ular xavfsizlikni,
odamlarning hayoti va sog‘lig‘i himoya qilinishini, tabiat va madaniy meros
obyektlari muhofaza qilinishini taʼminlash uchun zarur bo‘lsa, qonunchilikka
muvofiq joriy etilishi mumkin.
Iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollashtirishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib
chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi.
531
-modda. Hech bir shaxs o‘z mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum
etilishi mumkin emas. Mulkni jamoat ehtiyojlari uchun majburiy ravishda boshqa
shaxsga o‘tkazish qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda hamda tartibda uning
o‘rnini oldindan va teng qiymatda qoplash sharti bilan amalga oshirilishi mumkin.
54-modda. Mulkdor mol-mulkiga o‘z xohishiga ko‘ra egalik qiladi, undan
foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar
yetkazmasligi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi kerak.
55-modda. Yer, yer osti boyliklari, suv, atmosfera havosi, o‘simlik
va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan
oqilona foydalanilishi lozim va ular davlat mulkida bo‘ladi. Yer qonunda nazarda
tutilgan shartlar asosida
va tartibda xususiy mulk ham bo‘lishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon fondi davlatga tegishli
bo‘lib, tadbirkorlik subyektlariga ijara shartnomalari asosida ajratiladi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishi lozim va ular davlat tomonidan
muhofaza qilinadi»;
29) 56-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«56-modda. Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan mahallalar, siyosiy
partiyalar, harakatlar, ommaviy axborot vositalari, kasaba uyushmalari, jamoat
fondlari va shaxslarning boshqa jamoat birlashmalari fuqarolik jamiyatining asosini
tashkil etadi, uning mazmunini belgilaydi. Ular fuqarolarning huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishga, ijtimoiy hamda
madaniy maqsadlarga erishish uchun ko‘maklashishga, jamiyatning maʼnaviy va
boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgandir»;
30) 61-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan
to‘ldirilsin:
«O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda faoliyat
ko‘rsatayotgan barcha diniy tashkilotlar faoliyatining erkinligi kafolatlanadi.
Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil bo‘ladi»;
31) 63 va 64-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«63-modda. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo‘g‘ini, aholini saqlab qolish
hamda ko‘paytirish negizi sifatida jamiyat va davlatning alohida muhofazasi ostida
bo‘ladi.
Nikoh ayol va erkakning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.
Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va
iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratadi.
Davlat ko‘p bolali oilalarga qonunga muvofiq imtiyozlar
va ijtimoiy kafolatlar berilishini taʼminlaydi.
64-modda. Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar
o‘z bolalarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, taʼlimi, sog‘lom,
to‘laqonli va uyg‘un kamol topishi to‘g‘risida qayg‘urishi shart.
Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onasining vasiyligidan mahrum
bo‘lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning sog‘lom, barkamol rivojlanishini
va taʼlim olishini taʼminlaydi, ushbu yo‘nalishdagi xayriya faoliyatini
rag‘batlantiradi»;
32) 65-moddaning ikkinchi qismi quyidagi
mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
«Bolaning manfaatlari, bolalarning to‘laqonli, jismoniy, aqliy
va madaniy rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish davlat siyosatining
eng muhim ustuvor yo‘nalishidir.
Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga sodiqlikni, buyuk ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosidan
faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi»;
33) 77-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati
ayni bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining,
mahalliy hokimiyat vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas»;
34) 78-modda birinchi qismining:
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«4) O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga oid masalalarni
ko‘rib chiqish, davlat strategik dasturlarini qabul qilish»;
15, 16 va 17-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«15) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish
va tasdiqlash, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari
yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzasini ko‘rib chiqish;
16) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha
vakilini (ombudsmanni), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari
bo‘yicha vakilini saylash;
17) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini, O‘zbekiston
Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi
har yilgi Milliy maʼruzani ko‘rib chiqish»;
35) 80-modda:
quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin:
«5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Hisob palatasining raisini tayinlash
va lavozimidan ozod etish»;
6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurorini va O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish
agentligi direktorini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi
farmonlarini tasdiqlash»;
8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston
Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik
vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish, shuningdek ularning
faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish»;
36) 83-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«83-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ega. O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi va Bosh
prokurori ham o‘z vakolatlariga oid masalalar yuzasidan qonunchilik tashabbusi
huquqiga ega.
Qonunchilik tashabbusi huquqi qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi
huquqi subyektlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga kiritish vositasida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bo‘lgan, yuz ming
nafardan kam bo‘lmagan fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili
(ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
qonunchilikka oid takliflarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi tartibida kiritishga haqli.
Qonun loyihalarini, qonunchilikka oid takliflarni kiritish
va ko‘rib chiqish tartibi qonun bilan belgilanadi»;
37) 84-moddaning:
ikkinchi qismidagi “o‘n” degan so‘z “yigirma” degan so‘z bilan
almashtirilsin;
uchinchi qismidagi «o‘n kun ichida» degan so‘zlar «yigirma kundan
kechiktirmay» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi «o‘ttiz kun ichida» degan so‘zlar «ikki oydan
kechiktirmay» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
38) 90-moddaning ikkinchi qismidagi “besh” degan so‘z “yetti” degan so‘z
bilan almashtirilsin;
39) 93-modda birinchi qismining:
6 va 7-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«6) O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar
huzuridagi diplomatik vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
7) ichki va tashqi siyosatning eng muhim strategik ustuvor yo‘nalishlarini
belgilaydi hamda ularning ijro etilishiga oid masalalar yuzasidan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomalar yo‘llaydi»;
12 va 13-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini hamda O‘zbekiston
Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini tayinlaydi va
lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;
13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining
tarkibiga nomzodlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisi,
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim
etadi»;
25-bandi quyidagi mazmundagi 25, 26 va 27-bandlar bilan almashtirilsin:
«25) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashini
shakllantiradi va boshqaradi;
26) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash organlarini va
boshqa organlarni shakllantiradi;
27) ushbu Konstitutsiyada va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida
nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi»;
40) 98-modda ikkinchi qismining:
1, 2 va 3-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, moliyaviy, pul-kredit siyosati olib
borilishi, ilm-fan, madaniyat, taʼlimni, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va
ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarning ishlab
chiqilishi hamda amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘ladi;
2) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa huquqlari hamda
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
3) davlat boshqaruvi organlarining ishini muvofiqlashtiradi
va yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni
taʼminlaydi»;
6-bandi quyidagi mazmundagi 6 – 9-bandlar bilan almashtirilsin:
«6) davlatning yoshlarga oid siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi, oilani
qo‘llab-quvvatlash, mustahkamlash va himoya qilish, anʼanaviy oilaviy
qadriyatlarni saqlab qolish choralarini ko‘radi;
7) ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni
ijtimoiy himoya qilish tizimining faoliyat ko‘rsatishini taʼminlaydi;
8) fuqarolik jamiyati institutlarini, shu jumladan jamoat birlashmalarini
qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshiradi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
dasturlarini ishlab chiqish
va bajarishda ularning ishtirok etishini taʼminlaydi, ijtimoiy sheriklikka oid
dasturlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
9) ushbu Konstitutsiyada va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida
nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi»;
41) 99, 100 va 101-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«99-modda. Viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi (tumanga bo‘ysunadigan
shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik
organlaridir.
Tegishli hududdagi ijroiya hokimiyatiga viloyat, tuman va shahar hokimi
boshchilik qiladi.
Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq
saylanadigan rais boshchilik qiladi.
Xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining saylovi tartibi qonunda
belgilanadi.
Xalq deputatlari Kengashlarining va hokimlarning faoliyatini tashkil etish
qonun bilan tartibga solinadi.
Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari muddati – besh yil. Yangidan
tashkil etilgan maʼmuriy hududiy birliklarda xalq deputatlari Kengashlariga saylov
xalq deputatlari Kengashlariga navbatdagi umumiy saylovlarga qadar bo‘lgan
davrdan oshmaydigan muddatga o‘tkaziladi.
100-modda. Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari jumlasiga
quyidagilar kiradi:
hududni rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini, tuman,
shaharning bosh rejasini va uni qurish qoidalarini hokimning taqdimiga binoan
tasdiqlash;
tegishli mahalliy byudjetlarni hokimlarning taqdimiga binoan ko‘rib chiqish
va qabul qilish, ushbu byudjetlarning ijro etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni
tasdiqlash;
mahalliy soliqlar stavkalarini va boshqa majburiy to‘lovlarni qonunchilikda
belgilangan miqdorlar doirasida belgilash;
byudjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish;
hokimni va uning o‘rinbosarlarini lavozimga tasdiqlash, ularning faoliyati
to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitish;
qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda xalq deputatlarining
vakolatlarini tan olish hamda muddatidan oldin tugatish, ularni javobgarlikka tortish
uchun rozilik berish;
qonunda nazarda tutilgan hollarda hokimning qarorlarini tasdiqlash;
tegishli prokurorlarning, ichki ishlar organlari rahbarlarining, adliya organlarining
va davlat boshqaruvi organlari boshqa bo‘linmalarining hisobotlarini eshitish;
hokimning va quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashining O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bo‘lmagan qarorlarini bekor qilish;
qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
101-modda. Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining vakolatlari
jumlasiga quyidagilar kiradi:
qonunlarni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining
farmonlarini, qarorlarini va farmoyishlarini, yuqori turuvchi organlarning hamda
tegishli xalq deputatlari Kengashining qarorlarini bajarish;
sog‘liqni saqlash, taʼlim, jamoat transporti tizimlarining samarali faoliyat
ko‘rsatishini taʼminlash;
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan rivojlantirishni
taʼminlashga qaratilgan choralarni amalga oshirish;
fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy
manfaatlarini himoya qilishga, ularning xavfsizligini
va jamoat tartibini taʼminlashga doir choralarni amalga oshirish;
munitsipal mulkni va mahalliy kommunal xo‘jalikni boshqarish;
atrof-muhitning muhofaza qilinishini taʼminlash;
fuqarolarning bo‘sh vaqtini tashkil etish va madaniyat sohasidagi
xizmatlardan foydalanishini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish;
xalq deputatlari Kengashlariga viloyatni, tumanni, shaharni iqtisodiy va
ijtimoiy jihatdan rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, viloyat va Toshkent
shahar mahalliy byudjetining, tuman va shahar byudjetining tegishli loyihalarini,
shuningdek ularning ijro etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish;
qonunda belgilangan hollarda, quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini bekor
qilish va xalq deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining
hujjatlarini bekor qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish;
respublikada va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili
sifatida ish yuritish;
qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish»;
42) 102-moddaning:
birinchi qismi chiqarib tashlansin;
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi
qismlari tegishincha birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
43) 103-moddaning uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
44) 105-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«105-modda. Raisni va o‘z boshqaruv organlarini saylaydigan mahallalar
shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi
va ovullardagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir.
Mahallalar davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi
va o‘z vakolatlari doirasida mustaqildir.
Davlat mahallalar faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar
yaratadi, ularga qonunchilikda berilgan vakolatlarni amalga oshirishda
ko‘maklashadi.
Mahallalar faoliyatining huquqiy asoslari, shuningdek mahalla raisining va
boshqaruv organlarining saylovi tartibi, vakolatlari hajmi qonun bilan belgilanadi»;
45) 109-modda birinchi qismining:
6-bandidagi «konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini
umumlashtirish natijalari yuzasidan» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
7-bandi quyidagi mazmundagi 7 va 8-bandlar bilan almashtirilsin:
«7) fuqarolarning va yuridik shaxslarning muayyan ishda sud tomonidan
ularga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish
haqidagi shikoyatlarini ko‘rib chiqadi;
8) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan
vakolati doirasida boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi»;
46) 111-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining
sud korpusi shakllantirilishini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy
prinsipiga rioya etilishini taʼminlovchi mustaqil organidir»;
47) 112-modda:
birinchi qismidagi «odil sudlovni amalga oshirish borasidagi» degan so‘zlar
chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Sudyalarni almashtirib bo‘lmaydi. Ularning vakolatlari faqat qonunda
belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra tugatilishi yoki to‘xtatilishi mumkin»;
ikkinchi – beshinchi qismlari tegishincha uchinchi – oltinchi qismlar deb
hisoblansin;
oltinchi qismi chiqarib tashlansin;
48) 116-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«116-modda. Har kimga malakali yuridik yordam olishga bo‘lgan huquq
kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam bepul ko‘rsatiladi.
Tergovning va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik
yordamga bo‘lgan huquq kafolatlanadi. Jismoniy
va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatish uchun mustaqillik va o‘zini o‘zi
boshqarish prinsiplariga asoslangan advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokaturani
tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
Advokat shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
bo‘yicha o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga
aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi»;
49) 117-moddaning yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovni,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o‘tkazish
uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy
prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi»;
50) 122-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan
to‘ldirilsin:
«O‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjetini va davlat qarzini
shakllantirish hamda ijro etish tartibi ochiqlik va oshkoralik prinsiplari asosida
amalga oshiriladi.
Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat
byudjetining shakllantirilishi va ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga
oshiradi. Fuqarolarning byudjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari
qonunda belgilanadi»;
51) 127-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Ushbu Konstitutsiya 1-moddasining va ushbu moddasi ikkinchi qismining
qoidalari qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas».
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Konstitutsiyaviy Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Konstitutsiyaviy Qonunga zid bo‘lgan o‘z
normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari
va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda
mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan
eʼtiboran kuchga kiradi.
Konstitutsiya kitob pdf
–>
Adabiyot [561] |
Arxitektura [40] |
Astranomiya [38] |
Axborot [71] |
Biologiya [387] |
Biznes [47] |
Bojxona [42] |
Davlat Huquq Asoslari [4] |
Dunyo din tarixi [32] |
Ekologiya [109] |
Estetika va Etika [30] |
Falsafa [48] |
Fizika [254] |
Fransuz-Tili [22] |
Geografiya [141] |
Geometriya [6] |
Huquqshunoslik [281] |
Informatika [643] |
Texnologiya [274] |
Internet [43] |
Ingliz tili [680] |
Iqtisodiyot [1133] |
Jahon tarixi [276] |
Jamiyatshunoslik [24] |
Kimyo [82] |
Kasbiy Ta’lim [11] |
Konsitutsiya [60] |
Ma’naviyat [48] |
Matematika [89] |
Milliy G’oya [128] |
Musiqa [2] |
Nemis-tili [30] |
Ona-tili [50] |
Oshpazlik [39] |
O’zbekiston tarixi [197] |
Pedagogika [104] |
Prezident Asarlari [17] |
Psixologiya [149] |
Rus-tili [44] |
Qishloq xo’jaligi [92] |
Siyosatshunoslik [25] |
Soliq va Soliqga tortish [18] |
Tilshunoslik [9] |
Tibbiyot [64] |
Turizm [172] |
va Boshqalar. [332] |
Sport [7] |
Sxemotexnika [13] |
–>
Huquqshunoslik.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.pdf
Yukladi: routerboy Fan: Konsitutsiya
Diqqat! Agar referat yuklashda muammo bo’lsa ushbu silka orqali YUKLAB oling!
Qaytish Yuklandi: 7778
- Qirg’iziston Respublikasi
- O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining qonun chiqarish jarayonidagi ishtiroki
- O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o’rni
- O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
- O’zbekiston Respublikasi Adolat sotsial-demokratik partiyasi
- O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish o’quv kursining maqsadi
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillari
- O’zbekiston Respublikasi korxonalarining ma’muriy holati
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti-davlat boshlig’i
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni (01.05.2008. PF-3993)
- O’zbekiston Respublikasi prokatura organlari
- O’zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining axborotlashtirish to’g’risidagi farmoni
- 8-dekabr – O’zbekiston Respublikasi
- O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG`I.
- O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari
- O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish” o`quv kursining maqsadi va vazifalari.
- O‘N IKKINCHI CHAQIRIQ O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGASHINING O‘N BIRINCHI SESSIYASIDA 1992 Y2
- O‘N IKKINCHI CHAQIRIQ O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGASHINING O‘N BIRINCHI SESSIYASIDA 1992 YI
Hurmatli sayti foydalanuvchisi.Saytdan to’liq foydalanish uchun
Biz sizga ro’yhatdan o’tishni yoki saytga kirishingizni tavsiya etamiz.
Konstitutsiyaviy huquq asoslari, 9 sinf, Tansikbayeva G.M., Kostetskiy V.A., 2019
Konstitutsiyaviy huquq asoslari, 9 sinf, Tansikbayeva G.M., Kostetskiy V.A., 2019.
Учебник по праву для 9 класса на узбекском языке.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan ma’ruzasida shunday deydi: «Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib bormoqda. Bulaming barchasi, eng awalo, Bosh Qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir».
Ushbu darslikning har bir paragrafida amaldagi qonun hujjatlari yor-damida hal qilishingiz mumkin bo‘lgan turli-tuman vaziyatlami Sizga havola qilamiz. Agar Sizni qandaydir muammolami hal qilish qiziqtirib qolsa, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga murojaat qilishingiz mumkin.
KONSTITUTSIYA VA KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ.
Siz har qanday madaniyatli va taraqqiyparvar jamiyat hayotida Asosiy qonun bo‘lgan Konstitutsiya muhim rol o‘ynashini yaxshi bilib oldingiz. Chunki Konstitutsiyada davlat tomonidan eng barqaror, doi-miy huquqlar va jamiyat hayoti me’yorlari mustahkamlab qo‘yilgan.
«Konstitutsiya» lotincha «constitutio» so‘zidan olingan bo‘lib, «belgilash», «tuzilish» degan ma’nolami anglatadi, ya’ni Konstitutsiya jamiyat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzish hamda ularning ish faoliyati asosiy prinsiplari va vakolatlarini, fuqarolar asosiy huquqlari va burchlarini, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab beradi.
Qolgan barcha qonunlar, kodekslar, qarorlar va farmonlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi. Bu esa davlatning har bir mе’уоriу hujjati Konstitutsiyaga mos kelishi shart ekanligini anglatadi. Konstitutsiya jamiyat hayotining barcha sohalariga, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy, mehnat faoliyati, shaxsiy hayotga va boshqalarga ta’sir o‘tkazadi.
MUNDARIJA.
Konstitutsiya olamiga sayohat.
I bo‘lim. KONSTITUTSIYA – DAVLATNING ASOSIY QONUNI.
1-§. Konstitutsiyaviy huquq.
2-§. Amaliyot darsi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mundarijasi va tavsifi. 12
3-§. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari.
4-§. Amaliyot darsi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati.
II bo‘lim. INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI.
5-§. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari.
6–7-§. Amaliyot darsi. Inson va fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari.
8-§. Amaliyot darsi. Inson va fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari.
9-§. Siyosiy huquqlar.
10-§. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi.
11-§. Inson huquqi va erkinliklari kafolatlari.
12-§. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy burchlari.
III bo‘lim. JAMIYAT VA SHAXS.
13-§. Jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari faoliyati.
14-§. Siyosiy partiyalar faoliyati.
15-§. Oila jamiyatning buguni va kelajagi negizidir.
16-§. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi.
IV bo‘lim. DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARI.
17-§. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tashkil etilishi.
18-§. Oliy Majlis va uning vakolatlari.
19-§. Amaliyot darsi. Qonun loyihasini qabul qilamiz.
20-§. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.
21-§. O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari.
22-§. Joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari.
23-§. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari.
24-§. O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi.
25-§. O‘zbekiston Respublikasi sud organlari ish faoliyatini tashkil etish.
26-§. Amaliyot darsi. Konstitutsiyaviy sud majlisi.
V bo‘lim. KONSTITUTSIYA – MAMLAKATDA DEMOKRATIYANI RIVOJLANTIRISH KAFOLATI.
27-§. O‘zbekiston Respublikasidagi saylov tizimi.
28-§. Amaliyot darsi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatlari va senatorlari saylovi.
29-§. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari.
30-§. O‘zbekiston Respublikasida moliya va kredit.
Xulosa.
O‘z bilimlarini mustaqil tekshirish.
Yakuniy takrorlash. Konstitutsiya – davlatning Asosiy qonuni.
Lug‘at.
QR-kod yordamida olinadigan huquqiy-me’yoriy hujjatdan namunalar.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Konstitutsiyaviy huquq asoslari, 9 sinf, Tansikbayeva G.M., Kostetskiy V.A., 2019 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Qiziqarli malumotlar
Konstitutsiya kitob pdf