KONSTANTLIK

KONSTANTLIK

KONSTANTLIK (lot. constans — doimiylik, oʻzgarmaslik) (psixologiyada) — muayyan obyektlarni idrok qilish sharoitlari (masofa, yorugʻlik va b.) oʻzgarganda ular xususiyati (hajmi, rangi, shakli va b.) ning idrokda barqaror saqlanishi. Mac, kishi biror narsadan uzoqlashsa, uning koʻz toʻr pardasidagi aksi kichrayadi, lekin shu narsaning idrok etilgan timsoli oʻzgarmaydi.

Ensiklopediya.uz
KONSTANTLIK