KONSTANTINA haqida

KONSTANTINA haqida

KONSTANTINA

KONSTANTINA — Jazoirning shim.-sharqiy qismidagi shahar. Konstantina viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 450 ming kishidan ziyod (1990-y. lar boshlari). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Yirik savdo-sanoat markazi, don va boshqa q. x. mahsulotlari bozori. Traktorsozlik, stanoksozlik z-di, oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilikda qoʻlda gilam toʻqiladi, poyabzal va charmdan turli buyumlar tayyorlanadi.

Shaharga mil. av. 3-a. da asos solingan. Mil. av. 3-a. oxiri va 2-a. larda Numidiylar qirolligi poytaxti boʻlgan va Sirta (Kirta) deb atalgan. Mil. 311-y. da rimliklarga qarshi qoʻzgʻolonni bostirish vaqtida vayron qilingan. Shahar 313-y. dan uni qayta tiklagan Rim imperatori Konstantin nomi bilan atala boshlagan. 7-a. dan boshlab turli arab davlatlari tarkibida, 16-a. da turklar qoʻl ostiga oʻtdi. 1837-y. da Fransiya qoʻshinlari tomonidan egallandi. Shahar jazoirliklarning mustamlakachilikka qarshi ozodlik harakatlarining muhim markazlaridan boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Katta masjid (11-a.), Madrasa va maqbaralar (18-a.), Ahmadboy saroyi (19-a.), un-t majmuasi (20-a.) va b. saqlangan. Badiiy hunarmandchilikning qad. markazi. Muzey bor.

Ensiklopediya.uz
KONSTANTINA