KONSONANS

KONSONANS

KONSONANS (lot. consonantia — uygʻunlashgan sado, hamohanglik) — musiqiy tovush (tok)larning bab-baravar sadosidagi uygʻunlik, shuningdek, mazkur xususiyatga ega boʻlgan interval (prima, oktava, kvinta va b.) va akkordlar (asosan, major va minor uchtovushliklari). Konsonans musiqiy-ifodaviy vosita sifatida dissonanspnng aksidir (Oʻrta va Yaqin Sharq musiqa ilmida muloyimat deb ataladi). Bu qarama-qarshilik qadimdan amaliyotda foydalanilib, musiqa ilmida yunon (pifagorchilar, Aristoksen va b.), musulmon Sharqi olimlari (Forobiy, Ibn Sino va b.) tomonidan tadqiq etib kelingan. 20-a. kompozitorlik ijodiyotida hamda zamonaviy musiqa nazariyasida Konsonans va dissonans tushunchalari birmuncha kengaygan holda ishlatiladi va sharhlanadi.

Ensiklopediya.uz
KONSONANS