KONRAD YUZASI

KONRAD YUZASI

KONRAD YUZASI (avstriyalik geofizik V. Konrad (1876—1962) nomidan) — Yer poʻstining «granit» va «bazalt» qatlamlarini ajratib turuvchi shartli chegara. Seysmik toʻlqinlar oʻtish tezligining oʻsib borishi bilan aniqlanadi. Soʻnggi tadqiqotlarda ushbu chegaraning aniq emasligi (baʼzan esa umuman yoʻqligi) maʼlum boʻldi.

Ensiklopediya.uz
KONRAD YUZASI