Konfutsiy ta’limotining axloqiy jihatlari
Konfutsiy ta’limotining axloqiy jihatlari Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy axloqiy tushuncha- jen (insoniylik). «Lun yuy» («Hikmatlar») kitobida shunday deyiladi: «Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi», «o`zingga ep ko`rmagan narsani o`zgaga munosib ko`rma, shunda davlatda ham, oilada ham o`zingga nisbatan yovlik xis qilmaysan». Demak jen — ham jamiyat, ham oila a’zolari orasidagi munosabatlarni belgilaydigan axloqiy tamoyil. U bilan «syao» -ota-onani, kattalarni hurmat qilish, «li» — urf-odat, marosimlarni e’zozlash tushunchalari mustahkam bog`liq. Ayni paytda «li» tushunchasining ma’nosi ancha keng, u davlatga bo`lgan munosabatni ham o`z ichiga oladi. Hoqon (imperator) — Osmon o`g`li, u Osmon ostidagilarning barchasiga ota. Osmon ostidagi tartib-qoida esa quyidagicha: «Podsho—podsho, ota—ota, mulozim—mulozim, o`g`il— o`g`il bo`lishi kerak». Konfutsiy ta’limotining axloqiy jihatlari
DO`STLARGA ULASHING:
Konfutsiy ta’limotining axloqiy jihatlari