KONFORM AKSLANTIRISH

KONFORM AKSLANTIRISH

KONFORM AKSLANTIRISH (lot. conformis — oʻxshash) — bir sohani (sirtning bir boʻlagini yoki fazoning bir qismini) ikkinchi sohaga shunday oʻzaro bir qiymatli akslantirishki, bunda birinchi sohaning soha chegarasida yotmaydigan uchi biror a burchak ostida kesishuvi ixtiyoriy (har qanday) ikkita chizigʻi ikkinchi sohaning (obrazning) shu a burchak ostida kesishuvchi ikkita chizigʻiga oʻtadi. Bunda cheksiz kichik figuralar oʻzlariga oʻx-shash cheksiz kichik figuralarga almashinadi. Konform akslantirishdan xaritagrafiyada shar sirti bir qismini tekislikka tasvirlashda qadimdan foydalanib kelinadi. Konform akslantirish borasidagi taʼlimot (kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar nazariyasining boʻlimlaridan biri) gidrodinamika va aeromexaniqa, elastiklik nazariyasi va b. sohalarda keng qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
KONFORM AKSLANTIRISH