KONDILOMA
KONDILOMA (yun. condyloma — oʻsma, shish) — teri va shilliq qavatlar (epiteliy va biriktiruvchi toʻqima) ning doimiy shakllanadigan sohasida turli yalligʻlanishlar tufayli paydo boʻladigan soʻgalsimon oʻsmalar. K., aksariyat, isqirt odamlarda tashqi jinsiy aʼzolarning (siydik, najas va b. bilan ) doim namlanib turadigan terisida, chov burmalari va b. joylarda paydo boʻladi. Serbar Kondiloma (zaxm belgilaridan biri) va oʻtkir uchli Kondiloma farq qilinadi. Dastlab mayda, qizgʻish tugunchalar paydo boʻlib, ular asta-sekin kattalashadi, soʻng birbiri bilan qoʻshilib, xuddi gulkaramga oʻxshash oʻsmaga aylanadi.
Ensiklopediya.uz
KONDILOMA