KOMYOB
KOMYOB (taxallusi; asl ism-sharifi Sayyid Homid ibn Sayyid Muhammad) (1862.2.9 — Xiva — 1922) — shoir, tarixchi. Otadan yosh yetim qolib, Feroʻz tarbiyasida oʻsgan. Xivadagi madrasada tahsil koʻrgan. K. yoshligidan oʻzbek va fors tillarida sheʼrlar yozgan. Keyinchalik Navoiy, Jomiy, Munis, Ogahiy, Feroʻz, Miskin kabi shoirlarning sheʼrlariga taxmislar bogʻlagan, oʻzi ham koʻplab gʻazal, muhammas, musaddas, murabbaʼ, mustazod, chistonlar yozib, zamonasining taniqli shoiri darajasiga koʻtarilgan. Komyobning 2 qismdan iborat sheʼriy devoni bizgacha yetib kelgan («Tumor ul-oshiqin», «Anis ul-oshiqin»). Mazkur devonda 3 mingdan ziyod misrani tashqil etgan sheʼrlar toʻplangan. Ularda vatanga muhabbat, in-soniy komillik, hayotni sevish gʻoyalari tarannum etilgan.
Ensiklopediya.uz
KOMYOB