Kompyuterning har bir qismi nimaga javob beradi?
Kompyuterning har bir qismi nimaga javob beradi?
DO`STLARGA ULASHING:
Kompyuterning har bir qismi nimaga javob beradi?
#info #foydaliKompyuter — bir necha qismlardan tashkil topgan jihoz(pul manbai). Har bir qism ma’lum bir vazifalarni bajaradi, agar har biri, o’ziga yuklatilgan vazifani a’lo darajada bajarsa, demak sizning kompyuter, muammolardan holi bo’ladi.
Har bir qismni qisqa, nima vazifa bajarishini ko’rib chiqamiz:
• Protsessor(CPU) — kompyuter miyasi, barcha hisob ishlari, mantiqiy amallar hammasi shu kichikina to’rtburchak ichida amalga oshiriladi. kompyuterning quvvatliliga aynan shunga bo’liq.
• Qattiq disk(HDD) — barcha fayl va papkalaringizni o’zida saqlovchi, saqlash uchun tok manbai talab qilmaydigan jihoz. Qancha katta bo’lsa, shuncha katta hajmli ma’lumotlaringizni saqlashingiz mumkin.
• Tezkor xotira(RAM) — qisqa qilib aytganda dallol, protsessor va qattiq disk o’rtasidagi oldi-berdilarni hal qilib turadi, ya’ni fayllarni qattiq diskdan olib, qayta ishlash uchun protsessorga beradi, natijani olib, qayta qattiq diskka saqlaydi. Hajmi qancha katta bo’lsa, shuncha kompyuteringiz tezkor hisoblanadi.
• Plata(Motherboard) — kompyuter qismlarini bir-biri bilan aloqa qilishiga, tashqi qurilmalarni ulanishiga imkon yaratib beradigan, sxemalar, kondensatorlar, tok o’tkazuvchi chiziqlar va boshqa elektro sxemalardan tashkil topgan asosiy ona plata.
• Videokarta(GPU) — qayta ishlangan ma’lumotlarni ekranga chiqarib beruvchi, visual axborotlarni qayta ishlovchi plata. Grafik ishlaringiz qanchalik murakkab bo’lsa, videokarta ham shunchalik quvvatli bo’lishi lozim, aks holda, ancha vaqtingiz, asabingiz ketadi.
• Ta’minot bloki(Power Supply) — barcha qismlarni tok bilan ta’minlab beruvchi blok. Kompyuter qismlari qanchalik quvvatli bo’lsa, shuncha quvvatli ta’minot bloki o’rnatish lozim. bu qismsiz sizning kompyuter oddiy temir holos.
• Ovoz kartasi(Sound card) — kompyuterdan ovoz chiqishini ta’minlab beruvchi karta. Hozirgi kompyuterlarda ovoz kartasi plataga kichik mikrosxema ko’rinishida joylashtirib chiqarilmoqda, agar siz musiqa bilan proffesional ishlasangiz, bu mikrosxema sizga tiniq ovozlarni beraolmaydi, alohida plata o’rnatasiz.
• Tarmoq kartasi — kompyuteringizni tarmoqda ishlashi uchun kerak bo’ladigan karta. Bu ham plataga joylashtirilgan bo’ladi, agar sizga tezkorroq yoki bir necha tarmoq kerak bo’lsa, alohida karta sotib olasiz.
• Kuller, radiator — ma’lum qismlarni sovutishga mo’ljallangan jihozlar.
• DVD-ROM, Card Rider — tashqi saqlovchi vositalarni(DVD, CD, microSD) ulash uchun qurilmalar.
• Monitor — video karta orqali olingan video signallarni foydalanuvchiga ko’rsatuvchi qurilma.
• Sichqoncha, klaviatura — kompyuterni boshqarish va ma’lumotlar kiritish qurilmalari.
Bular, kompyuterning asosiy qismlari, u yog’i hohishingizga qarab olinadigan jihozlar: printer, skaner, kolonka, web kamera, mikrofon vahakazo.
☝️Kompyuter yig’moqchi bo’lsangiz, qaysi qism nimaga javob berishini bilib oldingiz, shunga qarab, sizga zarur qismni yaxshisini, unchalik ishlatmaydigan qismni sal arzonrog’ini olib, mablag’ingizni tejashingiz mumkin.
Kompyuterning har bir qismi nimaga javob beradi?