Kompyuterni asab tolalariga ta’sirini kamaytirish

Kompyuterni asab tolalariga ta’sirini kamaytirish

Kompyuterni asab tolalariga ta’sirini kamaytirish

Ko’plab maktab o’quvchilari va talabalar kompyuterda darslarni bajarishda uyqusiz tungacha monitor qarshisida o’tkazadi. Buning sababi sifatida, vaqtni yetmasligini ko’rsatishadi. Natijada bu asab tizimi va inson organizmiga ta’sir qiladi.

Kompyuter — bolalar va kattalarda o’ziga xos nevrologik xastaliklarni qo’zg’atuvchi vositalar safiga kiradi. Bizning qaror kiluvchi miyamizga reallik va virtuallikni oxirigacha farqlay bilish qiyin. Shuning uchun ham real hayotda sodir bo’layotgan hodisalardan ko’ra, virtual hayotdagi hodisalar miyamizga nojo’ya ta’sir qiladi. Masalan, monitor qarshisida kompyuter o’yinlari yuklab olishni kutish natijasida, inson organizmida ortiqcha garmonlar, yurak urushining tezlanishi, qon bosimi oshishi va qand kasalligi kelib chiqishi mumkin. Bu holatda bizning tanamiz, xudda real hayotda ro’y berayotgan hodisadek qabul qiladi.

Bundan tashqari kompyuterda ishlash stresga ham sabab bo’lishi mumkin. Asosan, dasturlar sekin ishlashi, veb sahifalarning sekin yuklanishi stresni keltirib chiqaradi. Bu esa hamkasblar hamda oilaviy munosabatlarga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday holatda hotirjamlik bilan yondashishni bajarishdan ko’ra aytish osonroq. Bu holat dasturchilar orasida ham kuzatiladi, dasturning noto’g’ri ishlashi yoki umuman ishlamasligi bunga sabab bo’ladi. Eng ko’p uchraydigan holat, dasturchi biror dasturni tuzib, ishlatib, boshqa joyga olib boradi, lekin u yerda ishlamaydi, ana keyin asab buzilishini ko’ring. Bu dasturchilikni boshlovchilarda ko’p kuzatiladi.

Asab buzilishi va streslardan qochishning eng yaxshi usuli — bu uydagi va ofisdagi texnikalaringizning tartibli turishi va ularning joyini vaqti vaqti bilan almashtirib turishdir.

Axborot texnologiyasi sohasida, sodir bo’ladigan asabbuzarlikdan qochish uchun, quyidagi maslahatlarni berishim mumkin:

1. O’z vaqtida dastur va drayverlarni yangilab turing.

2. Texnikaning tozaligiga e’tibor qarating.

3. Internet sekin ishlasa, kompyuter qarshisida o’tirib asabiylashgandan ko’ra boshka internet provayderiga o’zgartiring.

4. Internetda, qidirilayotgan sahifa ochilgunga qadar, boshqa sahifalardagi yangiliklarni ko’rib turing.

5. Imkon boricha kompyuterdan foydalanayotgan vaqtda ovqat iste’mol qilmang. Bunday vaziyatda ovqat yoki ichimlik kompyuterga to’kilib, unda dog’ qoldirishi mumkin.

6. Kompyuterda ishlashdan tashqari toza havoda sayr qilib zavq oling.

7. Iloji boricha monitor qarshisida virtual do’stlar orttirib, virtual muloqotdan ko’ra jonli suxbat qiling.

8. Dasturchilarga maslahat, yozadigan dasturlash tilingizni yaxshilab o’rganing, eng asosiysi asosini biling, shunda muammolar bo’lmaydi, ishlatiladigan kutubxonalarga e’tiborli bo’ling.

Manba:

Boshqalar
Kompyuterni asab tolalariga ta’sirini kamaytirish