Kompyuterga o‘rnatilgan Windows 11 yangilanishini bekor qilish

Kompyuterga o‘rnatilgan Windows 11 yangilanishini bekor qilish
kompyuterga ornatilgan windows 11 yangilanishini bekor qilish 65cac1818ee55

f2eb0e6c611dbd9d04090

Kompyuterga o‘rnatilgan Windows 11 yangilanishini bekor qilish

DO`STLARGA ULASHING:

Windows 11 yangilanishini o‘rnatib bo‘lgandan so‘ng muammolarga duch kelsangiz yoki yangi tizim sizga u yoki bu sabablarga ko‘ra ma’qul kelmasa, yangilanishni bekor qilish imkoniyati mavjud.

Ushbu ko‘rsatmamizda Windows 11’ga qadar amalga oshirilgan yangilanishni bekor qilib, undan oldingi o‘rnatilgan Windows 10’ni barcha dasturlari va sozlamalari bilan ortga qaytarish haqida so‘z yuritamiz.

Windows 11’ning parametrlaridagi “Назад” funksiyasi yordamida oldingi tizimga qaytish

Windows 10’dan mos keluvchi kompyuter va noutbuklarga yangilash yo‘li bilan o‘rnatilgan Windows 11’da yangilanishni bekor qilish va oldingi operatsion tizimni qaytarish imkonini beruvchi funksiya mavjud:

  1. Пуск menyusida yoki Win+I klavishlari birikmasini qo‘llash orqali “Параметры”ni oynasini ekranga chaqiring.
  2. “Система” bo‘limida “Восстановление” quyi bo‘limiga o‘ting.
fd878a1f69a16e27b0744

3. “Параметры восстановления” bo‘limida “Назад” tugmasiga bosing.

c3b32823939de8f7ad712

4. Yangilanishni bekor qilish sababi haqidagi savolga javob bering va “Далее” tugmasini bosing.

40169a9d9ebada8e1a98b
  1. Windows 11 o‘rnatilishini bekor qilish va Windows 10’ga qaytish masteri oynasidagi ko‘rsatmalarga amal qiling.

Jarayon yakunlanib, kompyuter qayta yuklanganidan so‘ng tizimingiz yangilanish o‘rnatilishidan oldingi holatiga qaytadi. Afsuski, yangilanish o‘rnatilishini bekor qilish jarayonining muvaffaqiyatli bajarilishini kafolatlab bo‘lmaydi: oldingi operatsion tizimlar bo‘lgan tajribaga tayanadigan bo‘lsak, muvaffaqiyatsiz ortga qaytarishni taxmin qilish mumkin.

Yangilanishni bekor qilishga qaror qilganingizda inobatga olishingiz lozim bo‘lgan ba’zi nyuanslar:

  • “Назад” tugmasi mavjud bo‘lishi uchun tizim aynan yangilanish usulida o‘rnatilgan bo‘lmog‘i lozim, bu haqida batafsil – Windows 10’dan Windows 11’ga yangilanish.
  • Bekor qilish imkoniyati yangilanish o‘rnatilganidan so‘ng 10 kun davomida mavjud bo‘ladi.
  • Agar siz diskni vaqtinchalik fayllar va papkalardan, xususan, diskning tizimli bo‘limidagi “Windows.old” papkasini tozalab yuborgan bo‘lsangiz, o‘rnatilgan yangilanishni bekor qila olmaysiz.

Sizning holatingizda ta’riflab o‘tilgan harakatlarga ehtiyoj yuzaga kelmagan va jarayon muvaffaqiyatli yakunlanib, kompyuter kerakli holatiga qaytdi, deb umid qilamiz.


•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

🚀 “IT specialist” kanali

Kompyuterga o‘rnatilgan Windows 11 yangilanishini bekor qilish