KOMPYUTER TOMOGRAF
KOMPYUTER TOMOGRAF — obyektlar (mas, odamning ichki aʼzolari, sanoat mahsulotlarining ichki tu-zilishi) ni tadqiq qilish uchun moʻljallangan qurilma. Bunda har xil nurlar bilan yoritish va hisoblash usullari yordamida olingan obyekt ichki tuzilishining qatlam-qatlam tasvirlari (tomogrammalar) oʻrganib chiqiladi va obyekt haqida tegishli xulosa chiqariladi (q. Tomografiya). AQSH olimi A. Kormak tomonidan 1963-y. ishlab chiqilgan, boshqa olimlar tomonidan takomillashtirilgan. Kompyuter tomograf tibbiyotda, turli sanoat tarmoqlarida qoʻllanadi.
Ensiklopediya.uz
KOMPYUTER TOMOGRAF