Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?

Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?
kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak 65cabc9a71d99

scale 1200

Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?

Mundarija скрыть
Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak? ⌨️ 😣
Siz ham kompyuteringiz qotib qolganda asab buzilib, ketma-ket turli tugmalarni beixtiyor bosib chiqasizmi? Tugmalarni tartibsiz bosishning o‘zi katta xato hisoblanadi, chunki bunda kompyuterga bir vaqtning o‘zida ko‘pgina buyruqlar yuboriladi va ularni qayta ishlay olmay, tizim butunlay to‘xtab qolishi mumkin.
Xo‘sh, o‘zi kompyuter qotib, sichqonchasi ishlamay qolganda nima qilish kerak?
• Escape (Esc) tugmasini bosib ko‘rish zarur, u oxirgi berilgan buyruqni bekor qiladi va ayrim hollarda yordam berib qolishi mumkin;
• ALT + F4’ni bir vaqtda bosish bilan qotib qolishga sababchi bo‘lgan dasturni to‘xtatadi, lekin oxirgi ma’lumotlar o‘chib ketishi ehtimoli bor;
• Agar kompyuter o‘yin o‘ynayotganda yoki video tomosha qilayotganda qotib qolsa, SHIFT + CTRL + WIN + B tugmalarini birgalikda bosib ko‘rish kerak. Bu bilan videokarta drayveri qayta yuklanadi;
• Ba’zan sichqonchaning o‘ng va chap tugmalarini ketma-ket bosish yordam berishi mumkin;
• CTRL + SHIFT + ESC’ni bosib, qotib qolgan dasturni “Диспетчер задач” yordamida to‘xtatish mumkin;
• Agar bu yordam bermasa, CTRL + ALT + DEL tugmalarini bosish bilan “Диспетчер задач”ga kirish mumkin. Ayrim hollarda uchala tugmaning bosilishi kompyuterning yana ishlab ketishiga sabab bo‘ladi;
• Bulardan tashqari ALT + TAB’ni bir paytda bosish bilan boshqa oynaga o‘tish sabab, kompyuter yana ishlab ketishi ehtimoli bor;
• Qotib qolgan kompyuterni yana qayta ishga tushirib yuborishga universal yechim yo‘q, 5 daqiqa kutib turish ham yordam berishi mumkin;
• Yuqoridagi ko‘rsatmalar yordam bermagan taqdirda kompyuterning “RESET” tugmasini bemalol bosib, kompyuterni qayta yuklash mumkin.
🤝 @featureuz blogi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
📌 P.S.: Kompyuteringiz qanday konfiguratsiyada bo‘lishidan qat’i nazar, u dastlab ishga tushirilgan payt ham imkon qadam uning “nafasini rostlab olishiga”, ya’ni barcha kerakli dasturlarni yuklab olishiga 2-3 daqiqa vaqt berish kerak.
📝 DiMaX @terabaytuz

Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?