KOMPYUTER GRAFIKASI haqida
KOMPYUTER GRAFIKASI
KOMPYUTER GRAFIKASI — grafik displey (monitor) ekranida tasviriy informatsiyani vizuallash («koʻrinadigan» qilish). Tasvirni qogʻozda, fotoplyonkada, kinolenta va b. da aks ettirish usulidan farkli ravishda Kompyuter grafikasida kompyuterna hosil qilingan tasvirni darhol oʻchirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yoʻnalishda toraytirish yoki choʻzish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, rakurenn oʻzlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini oʻzgartirish va b. amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, televizion eshittirishlar «qistirmalari» (zastavkalari») ni, multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va b. koʻp sohalarda qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
KOMPYUTER GRAFIKASI