KOMPOZITSIYA USLUBI

KOMPOZITSIYA USLUBI

KOMPOZITSIYA USLUBI, kompozitsiya usuli — koʻp ovozli, kompozitor tomonidan nota yozuvi shaklida ijod etilgan musiqiy asarning tuzilish xususiyatlari, oʻziga xosligi; kuy-ohanglar yaratish hamda ularni rivojlantirish yoʻli. Musiqa asaridagi ovozlar, musiqiy-ifodaviy vositalarning oʻzaro nisbatlari jihatidan farklanadi. Yevropa sanʼati tarixida oldin polifoniya uslublari (9 — 10-a. lardan), keyinchalik gomofoniya turlari (16 — 17-a. lardan), 20-a. da atonal musiqa, dodekafoniya, puantilizm, aleatorika, konkret musiqa, elektron musiqa, minimalizm kabi Kompozitsiya uslubi lari rivoj topdi. Oʻzbekiston kompozitorlik sanʼatining ilk tajribalari (1920—30 y. lari), asosan, gomofoniya tarzida vujudga kelgan, keyinchalik (ayniqsa, 1960—70 y. lardan boshlab) polifoniya, shuningdek, turli zamonaviy kompozitsiya turlari keng rivoj topdi. Kompozitsiya uslubilari bir-birini inkor qilmaydi, balki aksariyat zamonaviy (shu jumladan, oʻzbek kompozitorlari yaratgan) musiqa asarlarida kompozitsiyaning bir necha turlari oʻzaro tutashib, qorishib ketgan holda namoyon boʻladi. Kompozitsiya uslubi asoslari maxsus oliy musiqa oʻquv yurtlarida musiqashunoslik hamda kompozitsiya kurslarida oʻrganiladi. Kompozitsiya uslubi tushunchasi, asosan, kompozitorlik ijodiga nisbatan qoʻllanilsada, taʼkidlash joizki, uzoq va yaqin oʻtmish hamda hoz. davr oʻzbek bastakorlik ijodiyoti ham oʻzining uzoq taraqqiyoti jarayonida bir qator turfa Kompozitsiya uslubi larini shakllantirgan.

Ensiklopediya.uz
KOMPOZITSIYA USLUBI