KOMPOZITSION MATERIALLAR
KOMPOZITSION MATERIALLAR — oʻzaro uncha taʼsirlashmaydigan, kimyoviy jihatdan har xil boʻlmagan komponent (aralashma) larning hajmiy birikishidan hosil boʻladigan va komponentlar bir-biridan aniq chegara b-n ajralib turadigan materiallar. Har qaysi komponentning eng yaxshi xossalari (mustahkamligi, yeyilishga chidamliligi va b.)ni oʻzida mujassamlashtirganligi uchun Kompozitsion materiallar ularning hech biriga xos boʻlmagan koʻrsatkichlar b-n ifodalanadi. Odatda, Kompozitsion materiallar plastik (metall yoki nemetall — anorganik yoki organik) asos yoki matritsa hamda qoʻshilmalar: metall kukunlari, tolalar, ipsimon kristallar, yupka payraha, gazlama va b. dan iborat boʻladi. Kompozitsion materiallar turlari: tolali (tolalar yoki ipsimon kristallar bilan mustahkamlangan); dispersion-zichlangan (dispers zarralar b-n mustahkamlangan) va qatlamli (turli xil materiallarni presslab yoki prokatlab olingan).
Ensiklopediya.uz
KOMPOZITSION MATERIALLAR