KOMPLEMENT

KOMPLEMENT

KOMPLEMENT (lot. complementum — toʻldiruvchi, qoʻshimcha) — odam va barcha umurtqali xayvonlar qonidagi oʻzaro taʼsirlashuvchi termolabil oqsil va glikoproteinlar majmui; tabiiy immunitetnmng muhim omili. Bu oqsillar yalligʻlanish jarayonlarida ishtirok etib, organizm uchun yot hujayra va mikroorganizmlarni parchalashda (lizis) katnashadi. Komplement terminini fanga P. Erlix kiritgan, lekin ungacha J. Borde kon zardobidagi bakteritsid taʼsir etuvchi moddani alleksin (lot. alexina — mikroorganizmlardan himoya qiluvchi tanachalar) deb atagan. Komplement tartibi 20 ta makromolekulalardan tuzilgan, lekin bu sistemaning asosiy qismi 11 ta oqsildan iborat boʻlib, qolganlari kuchaytiruvchi va susaytiruvchi fermentlardir.

Ensiklopediya.uz
KOMPLEMENT