KOMPLEKS OʻGʻITLAR
KOMPLEKS OʻGʻITLAR — tarkibida oʻsimliklar hayot faoliyati uchun zarur bir necha asosiy oziq moddalari boʻlgan organik va mineral oʻgʻitlar. Organik Kompleks oʻgʻitlarga uy hayvonlari goʻngi, qushlar goʻngi, siderat oʻsimliklarning yashil massasi (koʻkat oʻgʻit), turli xil kompostlar kiradi. Tarkibidagi asosiy oziq moddalariga koʻra, mineral K. oʻ. ikki elementli (fosforkaliyli, azot-fosforli, azot-kaliyli) va uch elementli (azot-fosfor-kaliyli) boʻladi. Olinish usuliga koʻra, murakkab oʻgʻitlar, murakkab aralash oʻgʻitlar va aralash oʻgʻitlarga boʻlinadi. Koʻpgina Kompleks oʻgʻitlar tarkibida mikroelementlar boʻladi yoki ularga bu elementlar qoʻshiladi.
Ensiklopediya.uz
KOMPLEKS OʻGʻITLAR