KOMILOVA Xosiyat Komilovna

KOMILOVA Xosiyat Komilovna

KOMILOVA Xosiyat Komilovna (1912.25.4, Qoʻqon – 1961.27.12, Toshkent) — tilshunos olima. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1952), filol. fanlari nomzodi (1944), hoz. SamDUning filol. f-tini tugatgan (1935). Buxoro pedagogika in-tida kafedra mudiri (1935—39), Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida katta ilmiy xodim (1944—61). Komilova oʻzbek tilining orfografiyasi, morfologiya va sintaksisi sohalarida i. t. ishlari olib borgan («Oʻzbek tilida tushum kelishigi vazifalari» va b.). U yirik mutaxassis olimlar tomonidan tayyorlanib nashr etilgan «Hozirgi zamon oʻzbek tili» (leksikologiya, fonetika va morfologiya) nomli monografik asar hammuallifi.

Ensiklopediya.uz
KOMILOVA Xosiyat Komilovna