KOMI-PERMYAK TILI

KOMI-PERMYAK TILI

KOMI-PERMYAK TILIkomi permyaklar tili. Fin-ugor tillarining Pers guruhiga mansub. Unda 116 mingdan ortiq kishi gaplashadi (1979-y. dagi aholi roʻyxati boʻyicha). K.-p. t. komi tiliga yaqin. Asosiy belgilari: unli va undosh tovushlarning qoʻshilishidan qochish, tovushlarga qoʻshni tovushlarning taʼsiri kam boʻladi. Otga son va kelishik kategoriyalari xos. Yozuvi 14-a. da paydo boʻlgan. Adabiy tili hoz. zamonga kelib uzil-kesil shakllandi. Yozuvi rus alifbosi asosida.

Ensiklopediya.uz
KOMI-PERMYAK TILI