KOMENSKIY
KOMENSKIY (Komensky) Yan Amos (1592.28.3, Jan. Moraviya, Nivnitse — 1670.15.11, Amsterdam) — chex gumanist-pedagogi, zamonaviy oʻqitish jarayoni asoschisi. Faoliyati nemis dvoryanlari va katolik cherkovi zulmiga qarshi qaratilgan «Chex qardoshlari» diniy uyushmasiga mansub oilada tugʻilgan. Mazkur uyushma aʼzosi sifatida taʼqibga uchrab, togʻ va oʻrmonlarda yashirinib yurishga majbur boʻlgan. Dastlabki maʼlumotni qardoshlik maktabida olgan. 1608—10 y. larda lotin maktabida, keyinchalik Xerborn akademiyasi va Geydelberg un-tida oʻqigan. Katolik cherkov taʼqibi natijasida Polshaning Leshko sh. ga kelgan va u yerda gimnaziya tashkil etgan. 1631-y. «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi», 1632-y. «Buyuk didaktika», «Onalar maktabi» daryolik va qoʻllanmalarini yaratgan. Komenskiyning «hamma narsani bilish, hammaga bilim berish» shiori ostida yozilgan asarlari ilgʻor fikrli inglizlarda zoʻr qiziqish uygʻotgan. U lotin tili daryoligi va til oʻqitish metodikasi boʻyicha qoʻllanma yaratgan. 1650-y. Vengriyaga keldi va ped. nazariyasi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan «Pansofiya maktabi» (1651), «Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari» (1653) kitoblarini, oʻquv jarayonida rasmlardan foydalanishning samarali natijalari aks etgan «Hislar vositasida idrok qilinadigan narsalar tasviri» (1658) asarini yozdi.
Ensiklopediya.uz
KOMENSKIY