KOMBINATSION LAYOQAT
KOMBINATSION LAYOQAT — oʻsimlik liniyalari yoki navlarining duragay kombinatsiyalarda oʻzaro birikib, u yoki bu belgi va xususiyatlar turlicha ifodalangan avlod (Gʻ,) berish qobiliyati. Kombinatsion layoqatni aniqlash — koʻpgina q. x. oʻsimliklarida geterozisam amalga oshirishga karatilgan seleksiyaning muhim bosqichidir. Umumiy va xususiy Kombinatsion layoqat farklanadi. Umumiy Kombinatsion layoqat oʻrganilayotgan navning barcha duragaylaridagi geterozisning oʻrtacha kattaligi bilan oʻlchanadi va genlarning additiv (jamlangan) taʼsiri tufayli yuzaga chiqadi. Xususiy Kombinatsion layoqat kutilgan oʻrtacha samaradan chetlangan baʼzi kombinatsiyalar bilan oʻlchanib, genlarning noadditiv oʻzaro taʼsirlari tufayli vujudga keladi (q. Dominantlik, Epistaz).
Ensiklopediya.uz
KOMBINATSION LAYOQAT