KOMBAXSH

KOMBAXSH

KOMBAXSH (1667-1709) – boburiylardan boʻlgan shahzoda; Avrangzebning 5-oʻgʻli. Otasi Kombaxshni Dekanga hokim etib tayinlagan. Avrangzeb vafoti (1707) dan soʻng aka-ukalar oʻrtasida taxt uchun kurash boshlangan. Taxtni egallagan Bahodirshoh I mamlakat jan. iga, Kombaxsh ustiga yurish qilgan. 1709-y. 13 yanv. da Haydarobod yaqinida Kombaxsh qoʻshinini tormor keltiradi, Kombaxsh jangda yaralanib halok boʻladi.

Ensiklopediya.uz
KOMBAXSH