KOLON
KOLON — Panamadagi shahar, Mansalino ya. o. da. Kolon provinsiyasining maʼmuriy markazi. Mamlakatning Karib dengizi tomonidan Panama kanaliga kiraverishdagi muhim savdo porti (erkin savdo zonasi). Aholisi 140 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Navigatsiya jihozlari, elektrotexnika buyumlari, toʻqimachilik mahsulotlari, kiyimlar i. ch., oziq-ovqat, farmatsevtika, poligrafiya sanoati korxonalari bor. 19-a. ga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. X. Kolumbga haykal oʻrnatilgan. Shaharga 1850-y. da asos solingan.
Ensiklopediya.uz
KOLON