KOLLODIY

KOLLODIY

KOLLODIY (yun. kollodes — yopishqoq, qovushqoq) — nitrotsellyulozaning 1:7 nisbatda olingan etil spirti va efirdagi 4% li eritmasi. Rangsiz yoki sargʻish moysimon suyuqlik. Xirurgiyada bogʻlamlarni mahkamlashda ishlatiladi. Kollodiydan elastik materiallar tayyorlash uchun unga 3% kanakunjut moyi qoʻshiladi.

Ensiklopediya.uz
KOLLODIY