KOLLIZIYA

KOLLIZIYA

KOLLIZIYA (lot. collisio — qaramaqarshilik, toʻqnashish) — badiiy asarda xarakterlararo hamda xarakterlar bilan sharoit, muhit oʻrtasidagi ziddiyat. K. konflikt atamasining sinonimi tarzida ham qoʻllanadi. Kolliziya atamasini birinchi boʻlib Gegel estetika ilmiga olib kirgan. Uning aytishicha, Kolliziya zid-diyatning ijtimoiy-tarixiy jihatdan keng koʻlamligi, yirikligi va konfliktning boshlanish nuqtasini, tugunni anglatadi. Kolliziya harakatga, mavzu rivojiga, xarakterning kurashga kirishishiga turtki beradi. Kolliziya asarning janriga koʻra turlicha boʻlishi mumkin. Mas, yirik epik asarlarda Kolliziya xarakter faoliyati va mavzu rivoji uchun turtki boʻlsa, lirikada lirik qahramonning ruhiy olamidagi ziddiyatli kechinmalarni ifodalaydi. Tragediyada Kolliziya tragik konfliktni hosil qilsa, hajviy asarlarda komik konfliktni yuzaga chiqaradi.

Ensiklopediya.uz
KOLLIZIYA